IST-TEXAS NEFT KONI

IST-TEXAS NEFT KONI (East Texas) — dunyodagi eng yirik neft konlaridan biri. AQSHning Texas shtatida joylashgan. Meksika qoʻltigʻi neft-gazli havzasiga mansub. 1930-y. da ochilib ishga tushirilgan. Neftning dastlabki sanoat zaxirasi 850 mln. t boʻlgan. Kon Sabin tepaligining gʻarbiy yon bagʻrida joylashgan. Neft-gazning toʻplangan maydoni 567 km2. Sa-marador qumtoshlarning oʻrtacha kalinligi 11,4 m, neftlilik kavati 70 m. Kollektorning oʻrtacha gʻovakliligi 25%, oʻtkazuvchanligi 2,5 Darsigacha. Neftning zichligi 830 kg/m3, qovushqoqligi 0,93 mPa, oltingugurtning miqdori 0,32%. Har yili 7 mln. t ga yaqin neft kazib olinadi, jami 690 mln. t (1984) neft olingan. Asosiy neft olinadigan joy shim. uchastka hisoblanadi. AQSHning shim. va shim,sharqiy r-nlariga 2000 km uzunlikda neft quvurlari oʻtkazilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x