Issiq kunda qancha suv ichish kerak?

Issiq kunda qancha suv ichish kerak?

AQSH Milliy sog‘liqni saqlash xizmati kuniga 1-2 litr suv ichishni tavsiya qiladi (olti-sakkiz stakan), ammo ko‘plab shifokorlar buni minimal deb hisoblaydi. Issiq havoda uni 3 litrgacha oshirish kerak. Agar juda ko‘p suv ichish qiyin bo‘lsa, ularga ko‘proq muz qo‘shib, mevali ichimlik, limonad shaklida ichish mumkin.

Bundan tashqari, shifokorlar tarkibida suv ko‘p bo‘lgan mahsulotlar — meva, mevali muzqaymoq, sabzavotlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ammo qahva va spirtli ichimlik suvsizlanishga sabab bo‘ladi, shuning uchun issiqda ularni ichishda ehtiyot bo‘lish kerak.

Bolalar terisi nozik bo‘lgani uchun namlikni tezroq yo‘qotishini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning uchun, bunday ob-havoda ular doimiy ravishda va oz-ozdan suv ichishlari kerak. Bunday ob-havoda bolalar va qariyalar uchun bosh kiyish tavsiya etiladi.

© Daryo

@taomlanish_ilmi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x