ISS

ISSKilikiya (Kichik Osiyo ya. o.) dagi qad. shahar. Mil. av. 333-y. kuzida makedoniyalik Aleksandr armiyasi (30— 40 ming kishi) forslar podshosi Doro III qoʻshini (120—130 ming kishi) ustidan Iss yaqinida gʻalaba qozongan. Jang taqdirini makedon falangasining fors qoʻshinining soʻl qanotiga va forslarning markazida turgan yunon yollanma askarlariga bergan shiddatli zarbasi hal qilgan. Makedon piyodalarining harakati ogʻir qurollangan otliq qoʻshin tomonidan faol surʼatda quvvatlab turilgan. Bu zarbadan soʻng Doro jang maydonidan qochgan. Iss yaqinidagi gʻalabadan soʻng Aleksandr Egey dengizi va Axomaniylar podsholigining gʻarbiy qismida xukmronlikni oʻz qoʻliga oldi.

Iss jangi: Aleksandr Doro III bilan jangda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x