ISROIL

ISROIL, Isroil Davlati (Medinat Visraʻel) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengiz boʻyida joylashgan davlat. Mayd. 14,1 ming km2 (BMT Bosh Assambleyasining 1947-y. 29 noyab. qarori bilan belgilangan hudud). Aholisi 5,938 mln. kishi (2001). Asosiy iqtisodiy va madaniy markazi — TelAviv sh. BMTning 1947-y. dagi qaroriga zid ravishda Isroil hukumati 1950-y. da Quddus sh. ning gʻarbiy qismini davlat poytaxti deb eʼlon qildi. 1980-y. 30-iyulda Quddus Isroilning «abadiy va boʻlinmas» poytaxti deb eʼlon qilindi. Isroil maʼmuriy jihatdan 6 okrugga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Isroil — respublika. Mamlakatda yagona konstitutsiya yoʻq. Uning oʻrnini bosuvchi bir qancha qonunlar bor. Eng muhimlari: Qonun chiqaruvchi va ijrochi idoralarni tashkil etish toʻgʻrisida 1948-y. gi Qonun va Maʼmuriy farmon, 1949-y. gi Muvaqqat qonun, Qaytib kelish toʻgʻrisida 1950-y. gi Qonun, Fuqarolik haqida 1952-y. gi Qonun, Knesset toʻgʻrisida 1958-y. gi Asosiy qonun va b.

Davlat boshligʻiprezident (2000-y. dan Moshe Katsav), u knesset (bir palatali parlament) tomonidan 7 y. muddatga saylanadi, 2-muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — knesset, uning 120 deputati umumiy toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi, hukumat knesset tomonidan tasdiqlanadi.

Tabiati. Isroilning dengiz boʻyi qismi kambar pasttekislik, sharqiy qismi bal. 500—1000 m li plato boʻlib, uning sharqiy chekkasi tor, chuqur Hor boti-gʻiga tik tushgan. Xula va Tiveriad koʻllari, Ulik dengiz, jan. da Negev choʻli bor. Fosforit, toshtuz, marmar, mis, temir rudasi, neft, gaz konlari topilgan.

Iqlimi subtropik, jan. da va soyliklarda chala choʻl va choʻl iqlimi. Yozi issiq (24—36°), qishi iliq (6—18°). Yillik yogʻin 100—800 mm. Shim. shar-qidan Iordan daryosining yuqori qismi oʻtadi. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Tuprogʻi qoʻngʻir, togʻ boʻz-qoʻngʻir, boʻz, jan. dagi choʻllarda boʻz-qoʻngʻir. Togʻlarda makvis, gariga, doim yashil eman, qaragʻay va b. usadi. Sirtlon, chiyaboʻri, daman, kemiruvchi va sudralib yuruvchilar koʻp. Qushlarning choʻl va dashtga xos turlari uchraydi.

Aholisining 82%i yahudiylar, 16%i arablar, qolgan qismi armanlar, druzlar. I. yaxudiylarining yarmidan koʻprogʻi boshqa mamlakatlardan kelgan muhojirlardir. Rasmiy tilivrit va arab tillari. Koʻpchilik aholi yahudiylik, qolganlari musulmon va xristian dinida. Aholining 90%i shahar va shaharchalarda yashaydi. Yirik shaharlari: Tel-Aviv, Xayfo, Quddus (gʻarbiy qismi), Ramat-Gan.

Tarixi. Isroil davlati BMT Bosh Assam-bleyasining 1947-y. 29 noyab. qarori asosida tashkil topgan (1948-y. 14 may). Qarorga koʻra, Buyuk Britaniya mandatidagi Falastin mustaqil deb eʼlon qilindi; uning hududi arab va yahudiy mustaqil davlatlariga boʻlindi, har ikki davlat demokratik konstitutsiyaga ega boʻlishi lozim edi. Yahudiy davlatining hududi 14,1 ming km2, aholisi 498 ming yahudiy va 497 ming arab (shundan 90 mingi badaviy) deb belgilandi. Quddus BMT boshqaruvidagi mustaqil maʼmuriy birlik deb ajratildi. Arab-Isroil urushi (1948—49) davrida I. Falastin arab davlati uchun 1 Falastin qudu-di (Iordan daryo-sining Gʻarbiy so hili va Gʻazza ajratilgan hududning 4/5 qismini, Quddusning gʻarbiy qismini bosib oldi va Quddusni Isroil poytaxti deb eʼlon qildi. Isroil bosib olgan hududdan taxm. 1 mln. arab quvgʻin qilindi.

1956-y. I. Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958-y. AQSH bilan Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. I. Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964-y. iyun). 1967-y. 2-iyunda tuzilgan hukumat «Buyuk Isroil» davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967-y. 5-iyunda Isroil arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi oʻzining 1967-y. 5—9-iyundagi majlisida Isroildan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo Isroil agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967-y. 10-iyulda) Isroil oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967-y. 22 noyab. da Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl bilan bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo Isroil bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973-y. kuzidagi arab-isroil urushida Isroil armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975-y. larda Isroil Misr b-n, 1974-y. da Suriya bilan tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979-y. gi I. – Misr sulh shartnomasiga muvofiq, Isroil oʻz qoʻshinlarini Sinay ya. o. dan olib ketdi va 1982-y. da yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993-y. da Isroil bilan Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish xamda Gʻazza mintaqasi va Ierixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998-y. oktyabrdagi Isroil — Falastin shartnomasida Isroil arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo I. – Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.

Isroil — 1949-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR su-verenitetini 1991-y. 25 dek. da tan oldi va 1992-y. da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001-y. da 26 apr. ga toʻgʻri keldi).

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. «Avoda» («Mehnat») sotsialistik partiyasi, 1968-y. da tuzilgan; «Likud» («Ittifoq») partiyasi, 1973-y. da tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984-y. da tuzilgan; «Mafdal» milliy-diniy partiyasi, 1956-y. da tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988-y. da tuzilgan; «Isra-el ba-Aliya» («Isroil yuksalishda») partiyasi, 1996-y. da asos solingan. Isroil umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920-y. da tashkil etilgan.

Xoʻjaligi. Isroil — rivojlangan indust-rial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 21%, q. x. ulushi 3%ni tashkil etadi.

Sanoati. Isroil iqtisodiyotidaharbiy sanoat asosiy oʻrinni egallaydi, u tash-qi moliyaviy manbalarga, ayniqsa AQSH va Yevropa Ittifoqi yordamiga juda karam. I. sanoati ilmfan yutuqlariga asoslangan tarmoklar — tibbiy elektronika, aloqa vositalari, kompyuterlar i. ch. ga ixtisoslashgan. Metall ishlash, mashinasozlik (jumladan, samolyotsozlik, kemasozlik, ay-niqsa ularning harbiy turlari), elektrotexnika, elektronika, kimyo sanoati, olmosni qayta ishlash ham rivojlangan. Yengil sanoatning toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik kabi tarmoklari mavjud. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik, ne-ftni qayta ishlash, binokorlik mate-riallari sanoati rivoj topgan. Bir oz mikdorda kaliy va toshtuz, mis va temir rudalar, neft qazib olinadi. Energetika, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo negiziga qurilgan. Asosiy sanoat markazlari — Tel-Aviv, Xayfo.

Qishloq xoʻjaligi. Ekinzorlarning aksar qismi davlatga va Yahudiy milliy jamgʻarmasiga qarashli boʻlib, bu yerlar kibutsa, moshava deb atalgan q. x. shirkatlariga ijaraga beriladi. Yer maydonlarining 20% dan koʻprogʻi ishlanadi, uning 40% dan or-tigʻi sugʻoriladi. Q. x. ning asosiy tar-mogʻi — dehqonchilik. Eksport uchun, asosan, sitrus mevalar yetishtiriladi (yiliga 1,5 mln. tonna), bular boshqa mevalar bilan birga q. x. mahsuloti asosiy qiymatining 30% ni tashkil etadi. Ichki ehtiyoj uchun bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, texnika ekinlaridan paxta, qand lavlagi, zaytun va b. ekiladi. Bogʻdorchilik, tokchilik, gulchilik b-n ham shugʻullaniladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy va echki, shuningdek, parranda boqiladi. Baliqchilik qam rivojlangan. Q. x. mamlakat ehti-yojlarini qondirmaydi.

Transporti. Asosan, avtomobil transporti rivojlangan, avtomobil yoʻllarining uz. — 13 mingkm. T. y. uzunligi — 890 km. Dengiz savdo floti muhim oʻrin tutadi. Dengiz portlari: Xay-fo, Ashdod, Eylat. Tel-Aviv yaqinida xalqaro aeroport bor. Bir necha neft quvurlari boʻlib, ular orqali Qizil dengiz sohilidan Oʻrta dengiz portlariga neft oqiziladi.

Isroil chetga q. x. va mashinasozlik mahsulotlari, tarashlangan olmos, maʼdanli oʻgʻit, kimyoviy moddalar, qurolyarogʻ chiqaradi. Chetdan mashina va asbobus-kuna, tarashlanmagan olmos, neft, kimyoviy mahsulotlar, transport vositalari oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi — shekel.

Tibbiy xizmati. Aholi sogʻligʻini saqlash yuqori darajada. Davlat tibbiyot muassasalari bilan birga xususiy shifoxonalar xam bor. Vrachlar uch oliy oʻquv yurtining tibbiyot f-tlarida tay-yorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Isroilda yahudiylar va arablar uchun alohida-alohida maktablar bor. Davlat maktablaridan tashqari xususiy oʻquv yurtlari ham boʻlib, ularning bir qismi diniy tashkilotlar mablagʻi hisobiga ishlaydi. 1969-y. dan 5 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 y. lik majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 y. Oʻrta maktab — 6 y. lik (3 y. lik quyi va 3 y. lik yuqori maktab). Isroilda 5 un-t va 17 in-t bor. Eng yiriklari: Quddusdagi yahudiy unti (1918), Tel-Aviv unti (1953), Xay-fodagi un-t va Texnologiya in-ti («Texnikoy», 1912). I. Tabiiy va ijtimoiy FA (1961) ishlaydi. Yirik kutubxonalari: Yahudiy milliy kutubxonasi, un-tlarning kutubxonalari. Isroil davlat arxivi bor. Muzeylari: I. milliy muzeyi (1965), Tiberiasdagi munitsipal osori atiqa muzeyi, Tel-Avivdagi Gaares muzeyi, Xayfodagi zamonaviy sanʼat muzeyi va h. k.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Isroilda 400 dan ortiq gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: «Gaa-res» («Mamlakat», kundalik gaz., 1918-y. dan), «Gamodiya» («Xabarchi», kundalik gaz., 1950-y. dan), «Gatsofe» («Sharhchi», kundalik gaz., 1938-y. dan), «Yediot axronot» («Soʻnggi yangiliklar», kundalik kechki gaz., 1939-y. dan), «Ma-ariv» («Oqshom», kundalik kechki gaz., 1948-y. dan). Ivrit tilida chiqadigan yuqoridagi gaz. lardan tashqari ingliz tilida kundalik «Djeruzalem post» («Quddus pochtasi», 1932-y. dan) va arab tilida «Al-Ittihod» («Ittifoq», 1944-y. dan) gaz. lari nashr etiladi. Quddusda Isroil telegraf agentligi va Tel-Avivda Isroil axborot agentligi ishlaydi. Isroil radioeshittirish boshqarmasi hukumat xizmati boʻlib, radio va televideniyeni boshqaradi, 1948-y. da tuzilgan.

Adabiyoti qad. Sharq adabiyotida qad. yahudiy adabiyoti alohida oʻrin tutadi. U butun Yevropa va Sharq madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Qad. yaxudiy adabiyoti deganda, birinchi navbatda, Bibliya tushuniladi. Yahudiy adabiyoti keyingi asrlarda, asosan, ivrit tilida rivojlangan. Ayrim yozuvchilar (Y. Agnon, A. Shlyon-skiy, L. Goldberg, X. Byalik va b.) I. tashkil topishidan ancha avval Falas-tinga koʻchib kelgan va 1948-y. dan key-in ham ijodini davom ettirgan. Ay-niqsa, Nobel mukofoti laureati (1966) Yosef Agnon hikoyalari haqqoniyligi va chuqur psixologizmi b-n eʼtiborni tortadi. 50-y. larda Falastinda oʻsib voyaga yetgan adiblar guruhi — Ye. Map, Ye. Amixay, T. Rivner, S. Izxar va b. adabiyotga kirib keldi. Ular oʻz asarlarida ijtimoiy muam-molarni oʻrtaga qoʻydilar. 60-y. larda Gʻarbiy Yevropa modernizmi va ekzistensializm falsafasi taʼsiri kuchaydi. Ilgor yozuvchilardan M. Avi-Shaul, A. Pen, X. Kadmon, A. Kenan, D. Ben-Amos, E. BenEzer va b. yahudiy-arab munosabatlari muammolarini, rasmiy ekstremistik siyosatdan norozilik kayfiyatlarini aks ettirdilar. Ivrit tilida ijod qiluvchi koʻpgina yozuvchilar idish tilida ham asarlar yarata boshladi. I. Zrubavel, M. Man, I. Pa-pernikov, P. Bineskiy va b. idish tilidagi adabiyot namoyandalaridir. Arab tilida kalam tebratuvchi shoirlar — Tavfiq Ziyod, Xanna Abu Xon, Solih al-Qosim, hikoyanavislar — Emil Habibiy, Muhammad Ali Taxiy va b. mamlakatdagi arab aholisi kamsitilishiga qarshi norozilikni asosiy mav-zu qilib olganlar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Isroil hududida turli tarixiy davrlarga mansub koʻpgina meʼmorlik va sanʼat yodgorliklari sakdanib qolgan. Galileydamil. av. 10—8ming yilliklarda toshdan yasalgan yertoʻlalar, Beysan, Megiddo va b. joylardagi mil. av. 4ming yillikka oid koʻhna shaharlar, Tel-Baytmirsim, Megiddo, Laxish, Gezer, Xatsorda qoyalar orasidan oʻtkazilgan vodoprovod lahmlari, tosh va xom gʻishtdan qurilgan qalin mudofaa is-tehkomlari, ibodatxonalar, turar joylar mavjud. Isroil va Yaxudo pod-shoxliklari (mil. av. 11-a. oxiri — 6-a. boshlari) davridan qolgan ogʻilxonalar, istehkomlar, saroylar, maishatxonalarning xarobalari uchraydi. Neolit davriga mansub tasviriy va amaliy bezak sanʼati namunalari — uy hayvonlarining fil suyagi va sopoldan yasalgan haykalchalari, oʻyma va na-qshin idishlar topilgan. Rim xukmronligi davri (mil. av. 1-a. — mil. 4-a.) Rim badiiy madaniyatiga xos boʻlgan koʻpgina yodgorliklarni qoldirgan (Beysandagi Dionis ibodatxonasi, Beysan va Sezardagi teatrlar, Sezar va Askalondagi osma kuvurlar, jamo-at va turar joy binolari). Qabr ustiga qoʻyilgan byustlar va marmar sarkofaglardagi qabariq tasvirlar saklangan. Vizantiya davridan bazilika (Bet-Alfadagi sinagogda koshinkori tasviridagi muchal aylanasi, qator bibliya sahnasi, qurbonlik marosimi tasvirlari va b.), monastir va ibodatxonalar, arablar davridan masjid, madrasalar, salibchilardan qalʼa, qoʻrgʻonlar, istehkomlar qolgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida yahudiylarning Fala-stinga koʻchib kela boshlashi bilan Isroilning zamonaviy meʼmorligi va badiiy madaniyati shakllandi. Turli mamlakatlardan koʻchib kelgan yahudiylar har xil badiiy va meʼmoriy maktab hamda yoʻnalish anʼanalarini olib keldi.

20-a. ning 50-y. laridan Tel-Aviv, Xayfo, Rexovat sh. lari rivojlana boshladi. Yangi barpo etilgan maʼmuriy va jamoat binolari orasida Tel-Avivdagi F. Mann konsert zali (1957, meʼmorlar 3. Rexter, D. Karmi, M. Zarxi, Ya. Rexter), Beylinson shifoxonasi (1950—58, meʼmorlari A. Sharon, B. Idelson), Gaares-muzey (1958—60, meʼmorlar V. Vitkover, E. Baumen), 36 qavatli «Shalom» maʼmuriy va savdo binosi (70-y. lar), Bet-Yam sh. dagi mehmonxona majmui (1968—69), Rexovat sh. dagi atom fizikasi in-ti va b. alohida ajralib turadi. Tasviriy sanʼ-atda turli modern yoʻnalishlari va us-lublari ustun. I. Zariskiy, I. Krize, B. Brizel kabi rassomlar mashhur. «Be-salel» sanʼat va badiiy hunarmandchilik maktabi realistik tamoyillarga asos soldi. Amaliy bezak sanʼatida metall, plastmassa, loy va hurmo danagidan, guldor gazmoldan yasalgan badiiy buyumlar keng tarqalgan. Kitoblarni badiiy bezashga katta eʼtibor beriladi.

Musiqasi falastinlik yahudiylar va arablarning madaniyati (xalq qoʻshiqlari, raqslar, musiqa joʻrligidagi marosim va urf-odatlar), shuningdek koʻchib kelgan yahudiylarning anʼanalari asosida rivojlangan. 1948-y. dan keyin musiqa muassasalari tashkil etildi. Isroil filarmoniyasi, milliy opera va «Inbal» musiqali teatri, Xolon konservatoriyasi, Tel-Aviv yaxudiy konservatoriyasi, Quddus musiqa akademiyasi bor. 1950-y. lardan kompo-zitorlik maktabi rivojlana boshladi (M. Lavri, E. Partosh, P. Benxaim, M. Avid va b.).

Teatri. 1926-y. da birinchi professional teatr — «Ogel» («Chodir») teatri tashkil etildi. Dastlab uning repertuarida diniy aqidalar asosidagi pyesalar bor edi. Keyin xorijiy mualliflarning dunyoviy asarlari sahnalashtirildi. Teatr rahbari M. Galevi A. Makarenko asarlari asosidagi «Pedagogik poema», Kishonning «Nikoh shartnomasi» pyesalarini koʻrsatish orqali tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. «Matete» («Supurgi») deb atalgan hajviy teatr 1928-y. da bolgar rej. I. Daniel tomonidan tashkil etildi. Dramaturglardan E. Xarusi, A. Penn, Alterman teatr uchun dolzarb mavzularda pyesalar yozib berishdi. 1949* y. da bu teatr moliyaviy qiyinchiliklar sababli yopilib qoldi. 50-y. larda «Batsal yarok» («Koʻk piyoz») va «Xamem» («Ili-miliq») satirik teatrlari yuzaga keldi. Isroilning yetakchi teatri «Gabi-ma» («Saxna») 1928-y. dan beri Falas-tinda ishlab kelayotir. Uning sahnasida Shekspir, Shiller, Gyote pyesalari koʻrsatildi. 20-a. ning 2-yarmida bu teatrda X. Rovina, A. Meskin, Sh. Finkel, M. Zoxar, Sh. Rudenskiy, A. Tal, I. Beker, M. Asherov kabi sahna ustalari shuhrat qozondi. Tel-Avivda Milliy teatr (1958-y. da asos solingan) va Kamer teatri (1944), Xayfoda Shahar teatri (1963), Tel-Aviv untida musiqa f-ti, 20 dan ziyod musiqa maktabi mavjud.

Kinosi. Isroilda kino i. ch. 1950-y. da boshlandi. Shu yili rej. A. Amar «Sulh» badiiy filmini yaratdi. 1954-y. da milliy kinematografiyani ragbatlantirish haqida qonun qabul qilinib, kinoteatrlarda albatta Isroil filmlarini koʻrsatish joriy etildi. «Yodingda tut» (rej. F. Artvis) badiiy filmi va «Salax Shabati» hajviy komediyasi (ikkalasi 1964-y. da yaratilgan) ayniqsa diqqatga sazovor. Keyingi yillarda musiqiy filmlar, komediyalar, josuslik va «jangari» filmlar yaratildi. Savdo va sanoat vazirligi xuzurida kino markazi tashkil etilgan. Tel-Avivda ikkita, Quddusda bitta kinostudiya bor.

Oʻzbekiston — I. munosabatlari. Isroil davlati OʻzR mustaqilligini tan olganidan keyin ikkala mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar uchun huquqiy negiz yaratishga kirishildi. 1994-y. dan investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish, havo qatnovi, avtotransport va sayyohlikni rivojlantirish xususida bitimlar imzolandi. 1997-y. apr. da OʻzR Tashqi ishlar vazirining Isroilga rasmiy tashrifi chogʻida madaniyat, fan va ma-orif sohasidagi hamkorlik haqida bitim tuzildi.

1998-y. sent. oyida OʻzR Prezidenti I. Karimovning Isroilga tashrifi davomida hamkorlikning turli jihatlariga oid 8 ta shartnoma imzolandi. Hukumatlararo oʻzbek-isroil savdo-iqtisodiy komissiyasi ish boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000-y. da 27,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Isroil dastlabki yillarda Oʻzbekistondan, asosan, qimmatbaho toshlar, roʻzgʻor paxtasi, kigiz xarid qilgan boʻlsa, keyinchalik ularning yoniga paxta tolasi va gazlama, kimyoviy mahsulotlar ham qoʻshildi. Oʻzbekiston esa undan mexanik va elektr asbob-uskunalar, qora metall, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar, optika apparatlari, qandolat mahsulotlari, kofe, choy, goʻsht va baliq mahsulotlari, sport anjomlari, doridarmon, oʻyinchoqlar xarid qiladi.

Q. x. sohasida Isroil firma va kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 1994-y. dan buyen Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining Ahmad Yassaviy nomidagi xoʻjaligida 46 ga yerda tomchilatib sugʻorish usulining ilgʻor texnologiyasi joriy etilishi sabzavot va kartoshka hosildorligini 3 baravar oshirdi. Oqqoʻrgʻon tumanidagi «Oqqoʻrgʻon» xoʻjaligida qurilgan kichik sut z-di 9 xil mahsulot beradi. Yemxashak sexi va 2 ta xususiy chorvachilik fermasi qurib ishga tushirildi, ular uchun zarur asbob-uskunalar keltirildi. 1998-y. iyunida Toshkent viloyati Qibray tumanida sutni qayta ishlab, turli mahsulotlar ishlab chiqradigan oʻzbekisroil-amerika «Turon-97» qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. Isroilning «Zeraim Gedera» va «Netafim» kompa-niyalari bilan hamkorlikda Isroil paxta na-vlarini yetishtirishga kirishildi. Oʻzbekistonning bir qancha tumanlarida Isroilning «Marav» firmasi asbob-us-kunalari asosida 15 ta kichik sut z-di kurish ishlari boshlab yuborildi. Ularning har biri smenada 1, 1,5, 2 ming litr sutni qayta ishlaydi; qurilish mablagʻini Isroil banklari beradi. «Netafim» kompaniyasining «Qoraqalpoqis-siqxona» birlashmasi bilan 120 ga yerda tomchilatib sugʻorish usulida pomidor yetishtirish va tomat pastasi i. ch. uchun tuzgan shartnomasiga binoan 4,67 mln. dollarlik texnologiya jihozlari keltiriladi. Irrigatsiya i. t. instituti va Isroilning «Plastro Texnoloji» firmasi tomonidan tuzilgan «Saniplast» Oʻzbekistan-Isroil qoʻshma korxonasi turli ekinlarni, jumladan, gʻoʻzani sugʻorishda tejamli texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish b-n shugʻullanadi.

1996-y. dan Isroilning «M. A. D» firmasi bilan parrandachilik sohasida kurka goʻshti yetishtirishning intensiv texnologiyasini amalga oshirishga kirishildi. 8 mln. AQSH dollari turadigan loyihani bajarish uchun Isroilning «Diskont» banki 6,8 mln. dollar beradigan boʻldi. Bu pulga texnologiya uskunalari, veterinariya preparatlari, ozuqa qoʻshimchasi va zotdor kurkalar keltiriladi. 6 ta broyler parrandachilik f-kasini kurkachilik f-kasiga aylantirish, kurka goʻshti yetishtirishni yiliga 12 ming t ga yetkazish koʻzda tutilgan. Kelgusida 15 ta parrandachilik f-ka-sini qayta jihozlash va namunali sutchilik majmuini barpo etish rejalari bor.

Olmaliq kon-metallurgiya kti Isroilning «Metek» kompaniyasi bilan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Mis saralash f-kasi chiqitlarini qayta ishlaydigan qoʻshma korxona barpo etish, reniy va osmiy kabi nodir metallarni ajratib oladigan sanoat kurilmalari oʻrnatish ishlari nihoyasiga yetay deb qoldi. Pochta va telekommunikatsiya tarmogʻida ham qamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. 1997-y. martda «I Si Ai Telekom» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, yer sunʼiy yoʻldoshlari orqali ishlaydigan telefon st-yasi va Toshkent telefon-telegraf st-yasi uchun asbob-uskunalar keltirib oʻrnatildi.

Oʻzbekistonda Isroil sarmoyasi ishtirokidagi 45 korxona roʻyxatga olingan. Ular q. x. mahsulotini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari va xalq isteʼmol mollari i. ch., savdo-sotiq bilan shugʻullanadi.

I. Samarqanddagi «Sharq taronalari» festivallarida qatnashib kelayotir. Toshkentda 2 ta foto koʻrgazma uyushtirdi, Toshkent Yosh tomoshabinlar teatri ishtirokidagi «Humo» festivalida qatnashish uchun 3 ta teatr gu-ruhini yubordi. Yosh tomoshabinlar teatrining badiiy rahbari Nabi Abdu-rahmonov Isroilga borib, Bet-Svi teatr maktabi bilan birgalikda spektakllar sahnalashtirdi.

Madaniy hamkorlikni faollashtirish uchun 1998-y. da «Oʻzbekiston — Isroil» doʻstlik jamiyati tashkil etildi. Maorif va fan arboblari delegatsiyalarining oʻzaro tajriba almashishlari yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x