ISMOIL SOMONIY MAQBARASI

ISMOIL SOMONIY MAQBARASI — Buxorodagi koʻhna meʼmoriy yodgorlik (taxm. 864—868). Somoniylar davlati ning asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi. I. Sm. 4tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, buyra toʻqimasini eslatadi. Devor qalinligi —1,8 m, tarhi — tashqarisi 10,80×10,70 m, ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan krplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrna-tilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos gʻish-tin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashkaridagi bezak bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bagʻalidagi ustmaust ra-voqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan. Arxeologik qazilma vaqti (1927) da xona sahnida 2 yogʻoch sagʻana borligi aniqlangan. Yozma manbalar va rivoyatlarga kura, maqbarani Ismoil Somoniy otasi qabri ustiga qurdirgan. Sharq tomondagi sagʻana Ismoil Somoniy qabri (849—907) deb taxmin etiladi. Narshaxiy Buxoro tarixi ki-tobida Ismoil Somoniyning oʻgʻli amir Ahmad (914-y.) oʻz qullari tomonidan oʻldirilgan va mazkur maqbaraga qoʻyilgan deb yozadi. M. Saidjonov topgan Vaqfnoma (868 y)da zikr etilishicha, otasi amir Ahmad mozoridan Registongacha boʻlgan yerlarning bir qismi maqbaraga vaqf etilgan. Ismoil Somoniy Maqbarasi Oʻrta Osiyo meʼmorligi va sanʼati tarixidagi dastlabki maqbaralardan. Uning tuzilishida qad. sugd meʼmorligining anʼanalari saklanib qolgan buyuk meʼmoriy asardir. 1925-y. da gum-bazi taʼmir etilgan. V. Vyatkin boshchiligida arxeologik tekshiruvlar olib borilgan. Binoni kumib yuborgan zax tuproqlardan tozalanib, B. Zasipkin va Usta Shirin Murodov boshchiligida taʼmirlangan (1937—39). Ismoil Somoniy Maqbarasi shahar madaniyat va istiroqat bogʻi hududida joylashgan. Ismoil Somoniy Maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan.

Ad.: Bulatov M. S, Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IX — XV vv., M., 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x