ISLOM KONFERENSIYASI TASHKILOTI

ISLOM KONFERENSIYASI TASHKILOTI (IKT) — hukumatlararo xalqaro tashkilot. Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining 1-konferensiyasida (1969-y., Rabot sh., Marokash) asos solingan. Islom davlatlari tashqi ishlar vazirlarining 3-konferensiyasida (1973-y., Jidda sh., Saudiya Arabistoni) taʼsis etilib, ustavi qabul qilingan. Hozir IKT diniy mushtaraklik asosida jami 55 davlatni, jumladan, mustaqillikka erishgan Markaziy Osiyo davlatlarini, shuningdek, Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) ni birlashtiradi. IKT ustaviga binoan uning maqsadi aʼzo davlatlar oʻrtasida islom birdamligini ragʻbatlantirish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va b. sohalarda hamkorlikni mustahkamlash, irqiy kamsitishni, barcha shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish, tinchlik va xavfsizlikni saklat uchun tadbirlar belgilash, Falastin arab xalqining oʻz huquqlarini tiklash va uning yerlarini ozod qilish uchun kurashini qoʻllab-quvvatlash kabilardan iborat. IKTning rahbar organlari davlat va hukumat boshliqlari Konferensiyasi (1981-y. dan har 3 y. da bir marta chaqiriladi) va tash-qi ishlar vazirlarining Konferensiyasi (xar yili yoki zarurat tugʻilganda chaqiriladi) va bosh kotib rahbarligidagi kotibiyatdir. IKT qarorgohi Jidda sh. da joylashgan. IKT huzurida Islom taraqqiyot banki, Fan va texnika sohasida hamkorlik boʻyicha doimiy qoʻmita faoliyat koʻrsatadi. 1975-y. dan IKTga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) huzurida kuzatuvchi maqomi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi (1996-y. dan) IKTga toʻliq aʼzo boʻlib kirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x