ISLOM GARAY III

ISLOM GARAY III, Islom Geray III (1604-54) — Qrim xoni (1644—54); Salomat Garayning oʻgʻli. 1644-y. turk sultoni uni ukasi Muhammad Garay oʻrniga xon etib tayinlagan. 1648-y. I. G. III Bogdan Xmelniskiy bilan ittifoq tuzgan, bundan maqsadi Polsha va Ukrainani zaiflashtirib ularning hududiga bostirib kirish edi. 1649-y. Zborovo jangida qatnashib, B. Xmelniskiyni polyaklar b-n bitim tuzishga majbur qilgan, natijada Polsha uzil-kesil magʻlubiyatdan saqlanib qolgan. Berestechko (1651) va Jvanes (1653) janglarida Islom Garay IIIning xiyonati polyaklarni ikki marotaba magʻlubiyatdan asrab qolgan va bu bilan ukrain xalq-ozodlik armiyasini mushkul ahvolga solib qoʻygan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x