ISKABTOPAR ISITMASI

ISKABTOPAR ISITMASI, pap patichi isitmasi — virus qoʻzgʻa-tadigan oʻtkir infeksion kasallik. Infeksiya iskabtoparlar (fleboto-muslar) chaqishi orqali yuqadi. Virus iskabtoparning 3 nasli mobaynida saklanadi va mavsum sayin ulardan kishilarga oʻtadi. Iskabtopar isitmasi Oʻrta dengiz sohilida, Yaqin Sharqda, Hindiston, Sha-rkiy Afrika, Markaziy va Jan. Amerikada bor. Oʻrta Osiyoda ondasonda uchraydi. Yashirin davri 3—6 kun. T-ra bir necha soat ichida 38—40° gacha koʻtarilib, 2—3 kundan keyin tushadi. Be-morning darmoni quriydi, boshi, mus-kullari ogʻriydi, koʻzida ogʻriq seziladi; yuzi va tanasining yuqori qismi kerkadi, qizaradi; koʻz oqi ham qizaradi; baʼzan koʻngli aynib, qusadi. T.-ra tushgach, darmonsizlik uzoq davom etadi. Iskabtopar isitmasini vrach aniqlaydi vadavolaydi. Oldini olish: bemor iskabtoparlar kira olmaydigan alohida xonaga yotqiziladi; iskabtoparlar yoʻq qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x