ISIRGʻA ZANJIRA — naqqoshlikda zanjira turi; kandakorlik, yogʻoch va ganch oʻymakorligida keng qoʻllaniladi. Zanjira (ikki chiziq orasi)ga isirgʻaga oʻxshash gul solinadi (nomi shundan). Jumladan, miskarlikda mis idishlarning naqsh mujassamotida buyumlar cheti va oʻrtasiga Isirgʻa zanjira ishlanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые