ISHLAB CHIQARISHNI INTENSIVLASH

ISHLAB CHIQARISHNI INTENSIVLASH — texnika, moddiy va mehnat resurelari potensialining har bir birligidan yanada toʻliqroq foydalanish yoʻli bilan i. ch. jadalligini oshirish. Zamonaviy texnika va texnologiyani joriy etish, i. ch. jarayonini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, mehnat resurelaridan ratsional foydalanish orqali barcha jabhalarda yuqori koʻrsat-kichga erishishga asoslanadi. Intensiv oʻsish ekstensiv oʻsishdan mavjud i. ch. kuvvatlari, texnik, moddiy resurelarni samarali ishlatish bilan farq qiladi. Ishlab chiqarishni intensivlash darajasi asosiy fondlarning 1000 soʻmlik qiymatiga qancha mahsulot i. ch., bir xodim (ishchi) ga toʻgʻri keladigan muayyan davr (oy, chorak, yil) mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (unumdorlik), bir kvadrat metr i. ch. maydoniga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi va b. koʻrsat-kichlar b-n baholanadi. Ishlab chiqarishni intensivlashning asosiy manbalari ilmiy-texnika taraq-qiyoti, i. ch. va mehnatni uyushtirishni takomillashtirish, boshqarishning yangi usullarini qoʻllashdir. Ishlab chiqarishni intensivlash xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xos. Sanoatda Ishlab chiqarishni intensivlashi xom ashyo va yoqilgʻi, moddiy resurelarning yangi turlarini kiritish, yuqori samarador komp-leks-mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, i. ch. jarayonini tezlashtirish, yoqilgʻi va energetika, material, xom ashyo, maydon, asbobuskunalardan foydalanishni yaxshilash, kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish asosida ishlab chikarishni ilmiy tashkil etish hisobiga amalga oshiriladi. Qurilishda Ishlab chiqarishni intensivlash bino va insho-otlarni sanoatda tayyorlangan qismlardan montaj qilish jarayonini kompleks mexanizatsiyalashtirish, yuqori unumli texnikalarni qoʻllash, qurilish muddatini qisqartirib, uning sifatini oshirish va b. da koʻrinadi. Qishloq xoʻjaligida Ishlab chiqarishni intensivlash mexanizatsiya, melioratsiya, kimyolashtirish, elektrlashtirish asosida dehq-onchilik madaniyatini oshirishdan, tuproq unumdorligini oshirish, biologiya va agronomiya fanlarining eng muhim yangi yutuklarini, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Sanoatda Ishlab chiqarishni intensivlash darajasi keyingi davrda mehnat unumdorligining, asosiy i. ch. fondlari qiymatining oʻsi-shi, mahsulot umumiy hajmining op-tishi, yoqilgʻi sarfi solishtirma xis-sasining pasayishi, metall eritish pechlarining 1m2 hisobiga oʻrtacha sut-ka davomida eritilgan poʻlat mikdo-rining oshishi va b. koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida Ishlab chiqarishni intensivlash raqobat kurashida yengib chiqishning muhim omillaridan biri.

Mamlakatlar iqtisodiyotining rivoji ham ekstensiv va ham intensiv omillardan foydalanish yoʻli bilan boradi.

Sadir Salimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x