ISHKASHIM

ISHKASHIM, Shikasim, Saka-sem (mahalliy aholi talaffuzida Shikoshum) — Togʻli Badaxshondagi tarixiy tuman va shahar. Panj daryosining yuqori oqimida joilashgan. «Saka» va «sama» soʻzlari hind-oriy tillarida «Saklar mamlakati» maʼno-sini bildiradi. 10-a. da I. Vohon hokimligining markaziy shahri boʻlgan. 14-a. da Marko Polo Skasem, yaʼni Ishkashim deb ataluvchi katta viloyat haqida soʻzlab, uning aholisining tili boshqalardan farq qilishini qayd etgan. Darhaqiqat Ishkashim va Vohon tili qoʻshni viloyatlar tillaridan hozirgacha ajralib turadi. Qadimda I. Vohon zardushtiylarining diniy markazi rolini oʻtagan. Ishkashim atrofidan mil. av. 8—6-a. larga oid mozorqoʻrgʻon topilgan. Undagi dafn udumi zardushtiylikning mahalliy koʻrinishi talablariga koʻra, amalga oshirilgan, uning tarkibiga qad. pomirliklarning togʻ echkisiga sigʻinishi amallari ham kirgan. Ilk oʻrta as-rlarda vohonliklar Olov va Quyoshga sigʻinganlar. Ishkashimda «Ramuzd» soʻzi Quyoshni anglatib, u zardushtiylar xudosi Ahuramazda nomini oʻzgartirilgan shakli boʻlgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX— nachala XIII vv. T., 1996.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x