ISHEMIYA

ISHEMIYA (yun. ischo — toʻxtataman, haima — qon) , mahalliy kamqonlik, mahalliy anemiya — orga-nizmning biror qismi, aʼzo yoki toʻqimaning qonga yolchimasligi. Ishemiyaning angiospastik (tomirlar spazmidan kelib chiqadigan), obturatsion (arteriyaga tromb yoki embol tiqili-shidan paydo boʻladigan) va kompress i on (tomirning qisilib yoki bosilib qolishiga aloqador) turlari bor. I. da mikrodirkulyatsiya jarayoni buziladi. Mayda tomirlar puchayib qoladi, arteriyaning toraygan joyidan pastki qismida qon bosimi pa-sayadi va tomir devori tuzuk oziklana olmaydi, toʻqima hajmi kichrayadi, t-rasi pasayadi. Toʻqimaga kislorod yetishmay, moddalar almashinuvi va funksiya buziladi, ogʻriq sezgilari paydo boʻladi. Ishemiya toʻsatdan roʻy berib, uzoq davom etadigan boʻlsa, toʻqima nekrozi yoki infarkt kuzatilishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x