DO`STLARGA ULASHING:
Ish izlovchi qarindoshi ishlaydigan joyga ishga kirishi mumkinmi?
— Qo‘zivoy davlat korxonasiga ishga kirmoqchi bo‘ldi. Bu ishda uning tog‘asi ishlardi, tog‘am ishga olib kirib qo‘yadi deb o‘ylardi. Ishga kirishdagi sinovlardan eng yuqori ballni olgan bo‘lsa ham, Qo‘zivoyni ishga olishmadi. 🧐
— Mehnat kodeksining 79-moddasiga asosan o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), ulardan biri ikkinchisiga bo‘ysunib yoki uning nazorati ostida ishlaydigan bo‘lsa, bir davlat korxonasida birga ishlashlari taqiqlanadi.
— E’tibor qilgan bo‘lsangiz bu yerda «davlat korxonasida» deyilgan. Xususiy korxonalarda bemalol qarindoshlaringiz bilan ishlashingiz mumkin. 😊