Isfira — Sevganmisan

Sevganmisan…

Yog`ganda oppoq qorlar
Esla meni,
Ortga qaytarib bo`lmas
U onlarni.

Har yil kelganda fasli qish,
Esga solinar o`tmish.
Unuta olmayman,
Qalbdan o`chira olmayman.

Ketding mendan, yorim,
Shirin va’dalar berib.
O`zgani ustun bilib,
Baxtli onlar unutib.

(Malol kelmasa to`g`risini ayt…)

Ayt, meni sevganmisan?
Kerakliging bilib turib,
Nega mendan ketgansan?
Ayt jonim, meni sevganmisan?
Kerakliging bilib turib,
Nega mendan ketgansan?

Sevganmisan…

Tikilib-tikilib suratingga,
To`kilib-to`kilib ko`zlarimdan
Tomar o`tgan u damlarim alami.
Tobora muzlab bu sevgim,
Sensiz yashamoqda yuragim,
Sen eding keragim.

Bilaman, u kunlar endi qaytmas,
Dardli nolalarim yuraging eshitmas,
Qalbimni armonga ko`mding, dilozorim.

Eslarman osmonlarga qarab sevgim,
Aytarman yulduzlarga g`amli ohim.
Nega bu yurak sensizlikka ko`nmas,
O`zgani demas, dilozorim?

(Malol kelmasa to`g`risini ayt…)

Ayt, meni sevganmisan?
Kerakliging bilib turib,
Nega mendan ketgansan?
Ayt jonim, meni sevganmisan?
Kerakliging bilib turib,
Nega mendan ketgansan?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x