Isfandiyorxon

Tarjimai hol

Isfandiyorxon – 1910 — 1918 yillari xiva xoni. Xiva xonligining o‘zbek qo‘ng‘irot qavmidan o‘n ikkinchi xukumdori.

 

Isfandiyorxon 1871 yilda to’g’ilgan. 1910 yili uning otasi Muhammad Raxim xon II ning vafotidan so‘ng taxtga Isfandiyorxon chiqqan. Otasidan farqli u alohida qobiliyatlarga ega emas edi. Uning xukumronligi davrida davlat boshqaruvida bosh vaziri Islom xo‘ja katta o‘rinni egallardi. Uning mablag‘i hisobiga Xivada paxta tozalash zavodi, shifoxona, apteka, pochta, telegraf, yangi uslubdagi maktab qurilgan. 1908-1910 yillari Islom xo‘ja Ichan qal’aning janubi-g‘arbiy tomonida kichik madrasa va eng baland minorali ansabl qurdirgan. Islom xo‘ja keyinroq Isfandiyorxonga bildirilmagan holda o‘ldirib yuborilgan.
Imperator Nikolay II Isfandiyorxonni Muqaddas Stanislav va Muqaddas Anna ordenlari bilan taqdirlagan. 1910 yili Isfandiyorxonga Rossiya armiyasining General-mayori unvoni berilgan. 1911 yili Oliy hazratlari yaqinlari hisobiga kiritilgan. 1913 yili Imperator Nikolay II dan «Oliy hazrat» maqomini olgan.
Rossiyadagi Fevral qo‘zg‘oloni Xiva xonligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1917 yil 5 aprelda yoshxivachilar (mladoxivintsi) Isfandiyorga islohotlar o‘tkazish talabini qo‘yishdi. Xon xalq oldida vakiliy organ- majlis tashkil etishga va unga yoshxivachilarni qo‘shishga va’da berishga majbur bo‘ldi. Xon xukumronlik vakolati chegaralandi. Majlis raisi etib yoshxivachilardan Bobooxun Salimov saylandi. Ammo keyinchalik vaziyat jiddiylashdi va reaktsion kuchlar yuqorini egalladi. Natijada, yoshxivachilar xokimiyati yo‘q qilindi, e’lon qilingan islohotlar bekor qilindi. Shu vaqtda Xivaga turkman qavmining rahbari Junaidxon qaytdi. U xon qo‘shinlari qomondoni etib tayinlandi va ko‘p o‘tmay u barcha xokimiyatni o‘z qo‘liga oldi.

Isfondiyorxon xukumronligi davrida Xivada yangi masjidlar va madrasalar qurildi. 1912 yili Isfandiyorxon qabulxonasi qurildi. Bu Nurulla boy kompleksida alohida korpus edi, unda bir qancha turli hajmdagi xonaqolar joylashgan bo‘lib, ular orasida rus moderni ruhida bezatilgan taxt xonasi mavjud. Isfandiyorxon ushbu saroy uchun ko‘p unsurlarni Peterburg imperator farfor zavodiga buyurtma bergan.
Fotograf va birinchi o‘zbek kinorejissyori Xudoybergan Divanov Isfandiyorxonni o‘z merosxo‘ri bilan foytunda chiqishi haqida birinchi o‘zbek hujjatli kinosyujetini 1910 yili suratga olgan. 

1918 yili Isfandiyorxon, Nurulla boy saroyida Junaidxon odamlari tomonidan uyushtirilgan, davlat to‘ntarilishida o‘ldirildi. Taxtga uning kichik yoshdagi ukasi Said Abdullaxon chiqarildi (1918-1920 yillari xukumronlik qilgan). Haqiqatda esa xokimiyat Junaidxon qo‘lida edi.

Mukofotlar
— Muqaddas Stanislav 1-chi darajali ordeni (1896)
— Oliy imperatorlik hazratlari Nikolay II brilliant venzeli (1896)
— Muqaddas Anna brilliantli 1-chi darajali ordeni (1900)
— Oq burgut ordeni (1911)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x