ISAAKYAN Avetik Saakovich

ISAAKYAN Avetik Saakovich [1875.19 (31). 10, Kazarapat – 1957.17.10, Yerevan] — arman shoiri. Armaniston FA akad. (1943). Seminariyada oʻqigan (1889—92). 1911—36 y. da chet elda yashagan. Armaniston Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvi raisi (1946—57). Dastlab-ki sheʼr va dostonlarida ijtimoiy zulmga qarshi kurashgan xalq qahramonlari madh etilgan, inson taqdiri, kelajagi haqidagi fikrlar bayon etilgan («Qoʻshiqlar va jarohatlar», 1897; «Abul Aʼlo al-Maʼarriy», 1909—11 va b.). «Sasma Mger» dostoni (1919, 1937-y. da qayta ishlangan) arman xalq eposi «Sosunli Dovud» mavzusi asosida yara-tilgan. «Bizning tarixchilarimiz va bizning gusanlar» (1939), «Vatanim-ga» (1940), «Arman meʼmorchiligi» (1942) va b. turkum sheʼrlari mashhur. 2-jahon urushi yillarida yozgan jangovar ruxdagi sheʼrlari («Qalbim mening togʻlar choʻqqisida», 1941; «Ulugʻ gʻalaba kuni» 1945 va b.) xalq qoʻshiklariga aylangan. Ayrim asarlari («Poema va sheʼrlar», 1961; «Abul Aʼlo al-Maʼarriy», 1976) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x