IS GAZI

IS GAZI, uglerod (P) -oksid, SO — rangsiz, hidsiz, zaharli gaz. Koʻmir va organik moddalarning chala yonishidan hosil boʻladi. Mol. m. 28,0, zichligi 814 kg/m3. Suyuklanish t-rasi — 191,5°, —205° da qotadi. Suvda kam eriydi. Bosim ostida dixloretan, ammoniy gidroksid eritmasi, xlorid kislotada yaxshi eriydi. Is gazini suyuklantirish mumkin. Is gazi yonganda koʻp miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Hyp taʼsirida yoki faollashtirilgan koʻmir ishtirokida xlor b-n birikib, fosgen hosil qiladi. Is gazi odamga yomon taʼsir qiladi (q. Is tegishi). Atmosfera havosi tarkibida juda oz mikdorda Is gazi bor. Togʻ jinslari, toshkoʻmir va yonuvchi gazlarda uchraydi. Sanoatda qattiq yoqilgʻilarni gazga aylantirish yuli bilan ishlab chiqariladi. Lab. da konsentrlangan sulfat kislotaga chumoli kislota taʼsir ettirib olinadi. Metallurgiyada metallarni ularning oksidlaridan qaytarishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x