IRQCHILIK

IRQCHILIK — irqiy kamsitish siyosati. Inson irklarining jismoniy va ruhiy jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga qal qiluvchi taʼsiri, odamlarning azaldan oliy va past irklarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga asoslanadi. Shu daʼvolarga koʻra, oliy ir»klar goʻyo boshqa irklar ustidan hukmronlik qilishga daʼvat etilgan, sivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irklar esa yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto oʻzlashtirishga xam qobiliyatsizdir. Fransuz J. A. Gobino 19-a. oʻrtalarida birinchi bor I. gʻoyasini surib, oriylarni «oliy irq» deb eʼlon qiladi. Irqchilik fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga koʻra majburan ajratish hamda aparteidni oklashda Irqchilikdan foydalaniladi. Irqchilik sionizm bilan hamohang. Irqchilik xalqaro xamjamiyat tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jumladan, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tu-gatish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyada keskin qoralangan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995 yil 31 avg. da mazkur Konvensiyaga qoʻshilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x