IRAKLION, Geraklion — Gretsiyadagi shahar va port, Krit o. ning shim. sohilida. Iraklion nomi (viloyati) ning maʼmuriy markazi. Aholisi 117 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Xalqaro aeroport bor. Kime, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Irakliondan 4 km jan. da kadimiy Knos sh. ning xarobalari sakdangan. Arxeologiya muzeyi (egey sanʼatining noyob namunalari), harbiy dengiz bazasi bor. Turizm rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые