IQTO

IQTO, iqtoʼ, iqta (arab.) — Movarounnahr, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida oʻrta asrlarda hukmdor tomonidan katta xizmatlari evaziga inʼom qilingan chek yer. I. egasi iqtodor deb atalgan. Iqto haqida dastlabki maʼlumotlar 7-a. oxiriga mansub arab manbalarida uchraydi. Hukmdor Iqtoni istagan vaqtida qaytarib olib boshqa kishiga tortiq qilishi ham mumkin boʻlgan. 9-a. da xalifa tomonidan amirga idora qilish uchun berilgan viloyatlar ham Iqto deb atala boshlangan. Abu Ab-dullo Xorazmiy I. ning kelib chiqishini izohlab, «Mafotix ul-ulum» («Il-mlarning kalitlari») asarida bunday deb yozadi: «Sulton tomonidan biror kishiga tortiq qilib berilgan yer Iqto deb ataladi va uning mulki boʻlib qoladi». I. yerlari davlat mulki hisoblangan. 10-a. dan boshlab xususiy mulkka aylana boshlagan. Amir oʻzi hukmronlik qilayotgan ushbu viloyatlar soli-gʻini butunlay yoki qisman oʻzlashtirish huquqiga ega boʻlgan. Iqto 9—13-a. da Movarounnahr va Eronda ham (saljuqiylar, qoraxoniylar va hulokuiylar davrida) keng tarqalgan. Temuriplar davrida Iqto oʻrnida tiul va suyurgʻol, boburiylar davrida esa jogir atamalari qoʻllangan.

Ad.: Nizom ul mulk, Siyosatnoma, T., 1997; Hofiz Tanish al-Buxoriy, Abdullanoma, 1—2-j. lar, T., 1999, 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x