IQLIMSHUNOSLIK

IQLIMSHUNOSLIKiqlim haqidagi fan. I. 2 tarmoqqa boʻlinadi: turli xil iqlimlarning tarkib topish sabablarini oʻrganadigan genetik Iqlimshunoslik (bu, odatda, umumiy Iqlimshunoslik deb ataladi) va iqlimning inson faoliyati obyektlariga va insonning oʻziga, shuningdek, turli tabiiy hodisalarga taʼsirini oʻrganadigan amaliy Iqlimshunoslik tabiiy geografik fanlar turkumiga Kirishi bilan birga, meteorologiyannng bir boʻlimi boʻlganligi uchun geofizikata ham yaqin.

Genetik Iqlimshunoslikning asosiy vazifasi iqlim paydo boʻlishida, shuningdek, turli joylardagi iqlim tafovutlari va iqlimning asriy hamda davriy oʻzgarib, takrorlanib turishida iqlim ho-sil qiluvchi omillarning rolini aniqlashdan iborat. Oʻrganish obyektlari va tadqiqot usullariga koʻra, genetik Iqlimshunoslikni 5 boʻlimga ajratish mumkin:

1) issiqlik balansini oʻrganuvchi Iqlimshunoslik iqlim hosil qiluvchi jarayonlarning negizi hisoblangan Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasiga va atmosferaga tushishi va u joylarda sarf boʻlishini oʻrganadi;

2) sinoptik (yoki dinamik) I. iqlimning tarkib topishida atmosfera dirkulyatsiyasining rolini oʻrganadi;

3) na-zariy Iqlimshunoslik matematikusullardan foydalanib, iqlim hosil qiluvchi omillarning koʻrsatkichlari (Yer yuziga is-siklik tushishi va sarflanishi, faol qatlamning fizik xususiyatlari va b.) va atmosferaning umumiy xususiyatlariga asoslanib, iqlim xarakteristi-kasini aniqlaydi; 4) mikroiqlimshunoslik mikroiqlim va mahalliy iqlimning shakllanishiga yer usti xususiyatlarining (relyef, oʻsimliklar va b.) roli va taʼsirini oʻrganadi;

5) paleoiqlimshunoslik astronomiya, geol., arxeologiya axborotlaridan, yilnomalar va b. dan foydalanib, iqlimning uzoq oʻtmishdagi oʻzgarishlarini va ularning sabablarini oʻrganadi.

Amaliy Iqlimshunoslik inson faoliyatining turli sohalarini rejalashtirish — q. x., transport, qurilish, davolash, dam olish, turizm va sh. k. ni tashkil qilishni ilmiy jih. atdan asoslash uchun iqlimning turli obyektlarga taʼsirini oʻrganadi.

Ikdimiy r-nlashtirish — joylarni (viloyat, oʻlka, materik, okean va h. k.) iqlim sharoiti deyarli bir xil boʻlgan zona va oʻlkalarga boʻlish, iqlimning tabiiy oʻzgarib turish koʻrsatkichlari va uning sabablarini aniqlash, shuningdek, kuzatishlarni tahlil qilishning ratsional usullarini yaratish Iqlimshunoslikning muhim boʻlimlaridan biri. Bu boʻlim xalq xoʻjaligining turli tarmoqlariga xizmat koʻrsa-tishda, ayniqsa, q. x. ekinlarini joylashtirish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, ekinlar hosildorligini oshirish tad-birlarini ishlab chiqish va b. da juda katta ahamiyatga ega. Konkret hududlarning iqlimini taʼriflash klimatografiya deb ataladi.

Oʻrtaosiyolik buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur va b. ning asarlarida meteorologiya va Iqlimshunoslik nazariya-siga doir juda koʻp noyob fikrlar mavjud. Mas, Beruniy fikriga koʻra, havoning holati «..mazkur joyning tabiatiga bogʻliq, uning togʻlarda yoki dengiz boʻyida turganligiga (bogʻliq), shuningdek, joyning baland-pastligi va qaysi kenglikda — shimolroqdami yoki janubroqdami, oʻrnashganligiga bogʻliq».

Iqlimshunoslik fanining rivojlanishida Gʻarbiy Yevropada 19-a. —20-a. boshlarida A. Gumboldt, V. Yu. Vize, V. Keppen, Yu. Xain kabi olimlarning ilmiy izlanishlari, 20-a. da rus olimlaridan A. I. Voyeykov, Ye. S. Rubinshteyn, O. A. Drozdovning Iqlimshunoslik materiallarini ishlab chiqish usullari, L. S. Berg, B. P. Alisov va b. ning Yer shari iqlimlarini tas-nif qilishi, Ye. N. Blinovaning iqlim gidrodinamikasi nazariyasi, V. V. Illy-leykinning mussonlar, M. I. Budikoning radiatsiya va issiklik balansi xaqidagi taʼlimotlari muhim oʻrinda turadi.

Oʻzbekistonda Iqlimshunoslik rivojlanishiga 1921-y. da tashkil etilgan Turkiston meteorologiya ilmiy tadqiqot in-ti katta taʼsir koʻrsatadi. Iqlimshunoslikning ikkala tar-mogʻi ham juda keng rivojlandi. V. A. Bugayev, L. N. Babushkin, V. A. Jorjio, L. A. Molchanov, A. A. Skvorsov, F. A. Moʻminov, M. Orifxonova va b. genetik va amaliy Iqlimshunoslik nazariyasiga katta hissa qoʻshdilar. Oʻrta Osiyo iqlimida dirkulyatsion omillarning roli, troposfera va stratosferada sodir boʻluvchi juda kuchli shamollar, ularning samolyotlar uchishiga taʼsiri, sugʻoriladigan yerlarning mikroiqlimi va q. x. oʻsimliklari oʻsishi, rivojlanishi va hosiliga mikroiqlimning taʼsiri haqida va b. ilmiy xulosalari katta amaliy ahamiyatga egadir.

Oʻrta Osiyoda meteorologiya va Iqlimshunoslikga oid ilmiy va uslubiy ishlarga V. A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya i. t. in-ti rahbarlik qiladi. Iqlimshunosliklar natijalari shu in-tning toʻplamlarida, monografiya va davriy nashrlarda bosiladi. Iqlimshunoslik sohasidagi xalqaro ilmiy aloqalarda Jahon meteorologiya tashkiloti va b. xalqaro tashkilotlar faol qatnashadi q(. Agro-iqlimshunoslik, Meteorologiya, Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi).

Ad.: Alisov B. P., P oltaraus B. V., Klimatologiya, M., 1962; Balashova Ye. N., Jitomirskaya O. M., Semenova O. A., Klimaticheskoye opisaniye respublik Sredney Azii, L., 1960; Babushkin L. N., Agroklimaticheskoye rayonirovaniye xlopkovoy zonы respublik Sredney Azii, L., 1960; Voprosы regionalnoy sinoptiki i klimatologii Sredney Azii, M., 1968; Maksudov X. S, Iqlimshunoslik asoslari. T., 1978; Babushkin L. N., Klimatografiya Sredney Azii, 1981; Mum i nov F. A., Pogoda, klimat i xlopchatnik, L., 1991.

Tohir Muxtorov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x