Tarjimai hol
Mirzaaliyev, Iqboljon Mirzakarimovich — O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi va 2010 yildan e’tiboran, O‘zbekiston Respublikasi senatori. Shuningdek, milliy estrada taraqqiyoti jamiyati uyushmasi raisi, “Assalom O‘zbekiston” teledasturi bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari, mudofaa vazirligi huzuridagi jamiyat ittifoqi boshqaruvi raisi, mudofaa vazirligining harbiy maslahati a’zosi.
1967 yilning 1 may kuni tavallud topgan, oilada olti nafar farzandning beshinchisi (to‘rt o‘g‘il va ikki qiz). Otasi o‘qituvchi bo‘lib, bolalarining ta’limiga katta e’tibor bergan. She’riyatga qiziqishni tog‘asi, shoir Abdulla G‘ulom uyg’otgan.
Besh yoshida S.Yeseninning o‘zbek tiliga tarjima qilingan she’riy to‘plamini yod oladi. She’rlar yozishni 7 yoshdan boshlaydi va ma’lum vaqtdan so‘ng mahalliy gazetalar yosh shoirning she’rlarini chop etishni boshlashadi. U o‘z she’rlarida ozodlik, sevgi va tabiatni tasvirlagan. Iqbol Mirzo tahallusi ostida ijod qilgan.
1984 yil Farg‘ona davlat universitetiga o‘qishga kiradi va o‘qish yillari 1985-1987 yillar u Tomskda harbiy xizmatni o‘taydi. 1989 yil o‘qishni tamomlaydi.
1992 yil Toshkentga keladi va “O‘zbekiston tabiati” gazetasida jurnalist sifatida faoliyatini boshlaydi, keyinroq, “Vatan” haftaligiga muharrir etib tayinlanadi.
1993 yil uning ilk she’riy to‘plami “Yurakning shakli”, 1994 yil “Ko‘ngil”, “Seni sog‘inaman”, 2000 yil “Meni eslaysanmi”, 2002 yil “Tanlangan she’rlar”, 2004 yil “Qo‘shiqlarim” va “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas”, 2008 yil “Sizni kuylayman” kabi to‘plamlari chop etiladi.
1996 yil O‘zteleradiokompaniyasi direktor o‘rinbosari lavozimini egallaydi.
Qilgan mehnatlari uchun 1999 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan, shu yili ommabop tonggi teledastur “Assalom O‘zbekiston”ning bosh muharriri bo‘ladi.
2006 yil yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari etib tayinlangan.
2005 yil O‘zbekiston xalq shoiri bo‘lgan.
2010 yil Oliy Majlis senatori etib tayinlangan.
2012 yil Mudofaa vazirligi huzuridagi jamiyat ittifoqi boshqaruvi raisi.
2014 yildan Mudofaa vazirligi harbiy maslahati a’zosi.