IPRIT

IPRIT, (Z, rʻ-dixlordietilsulfid, (SCH2CH2C1) 2 — zaharlovchi modda. Rangsiz, moysimon sarimsoq piyoz yoki xantal hidi keladigan suyuklik. Mol. m. 159,08. Suyuqlanish t-rasi 14,5°; kaynash t-rasi 217° (ajralish b-n); zichligi 1,274 g/sm3, 20° da uchuvchanligi 0,6 mg/l. Suvda yomon (20° da 0,08%) eriydi. Iprit nafas aʼzolari, teri va meʼda-ichak orkali turli holatda (bugʻ, aerozol, tomchi) organizmni kuchli zaharlaydi. Suv taʼsirida sekin gidrolizlanadi. Suvsiz muhitlarda tio-sulfatlar, karbon kislotalarning tuzlari, alkogolyatlar, ishqoriy me-tallarning fenolyatlari bilan reaksiyaga kirishadi. Kuchli oksidlovchilar (ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning gipoxloritlari) Iprit molekulalarini destruksiyalaydi (parchalaydi). Reaksiya mahsulotlari zaharli emas. Shu sababli bu reaksiyalardan Ipritni zararsizlantirishda foydalaniladi. Ilk bor I. ni zaharlovchi modda sifatida 1917-y. da Germaniya Belgiyaning Ipr (nomi shundan olingan) sh. yaqinida qoʻllagan. Ipritdan saqlanish uchun protivogaz va tanani himoya qiladigan vositalardan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x