DO`STLARGA ULASHING:
iOS va Android dasturchilari kimlar?
iOS dasturchi — Apple kompaniyasining iOS tizimida ishlovchi mobil qurilmalari, iPhone, iPad, va iWatch lar uchun mobil ilovalar yaratuvchisi. Ish faoliyatida Objective-C yoki Swift dasturlash tillaridan keng foydalanadi.
Android dasturchi — Android tizimida ishlovchi mobil qurilmalar uchun mobil ilovalar yaratuvchisi. Dasturlashda C++, Kotlin, yoki Java tillaridan foydalanadi.
iOS dunyo miqyosida eng koʻp foydalaniluvchi Androiddan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Android va iOS — bozorda asosiy raqiblar hisoblanadi.
Bu toifadagi dasturchilarga hozirda talab juda yuqori. Maoshniku gapirmasa ham boʻlaveradi. 🙂
Statistika maʼlumotlariga koʻra Android dasturchilariga boʻlgan talab 2024-yilgacha 17% ga oshar ekan.
iOS yoki Android dasturchisi boʻlishni xohlaysizmi?
👉 @ITStarsUz