INVESTITSIYA BANKI — sanoat korporatsiyalarining aksiyalarini sotib olish orqali investitsiya siyosatini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan bank. I. b. xalq xoʻjaligining turli tarmoqlari, asosan, sanoat, transport, savdoni moliyalash va uzoq muddatli kreditlash uchun ixtisosla-shadi. 19-a. oxirlarida keng tarqaldi. Bank resurslari oʻz aksiyalari va obligatsiyalarini sotish hisobiga shakllanadi. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda davlat I. b. lari tashkil etilgan, ularning mablagʻlari davlat byudjeti hisobidan shakllanadi. Investitsiya bankining oʻziga xos xususiyati aholi omonatlarini qabul qilishga ixtisoslashmaydi. Oʻzbekistonda chet el kapitali ishtirokidagi birinchi Investitsiya banki — Oʻzbekiston xalqaro xususiylashtirish va investitsiya banki «Oʻzprivatbank» 1995-y. 28 fev. dan faoliyat yuritadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые