INTIZOMIY JAVOBGARLIK — OʻzRda oʻz mehnat burchlarini qonunga muvofiq ravishda yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun aybdor boʻlgan xodimga taʼsir koʻrsatish vositasi. Xodimning oʻz mehnat vazifalarini jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻlmaydigan darajada, ammo oʻz aybi b-n qonunga muvofiq ravishda bajarmasligi yoki nobop bajarishi intizomga xilof nojoʻya harakat hisoblanadi. Bu, odatda, xodim zimmasiga mehnat shartnomasi yoki korxona, muassasa, tashkilotdagi ichki mehnat qoidalarini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar bilan yuklangan mehnat vazifalarini buzishda va uning oʻz aybiga koʻra, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida qilgan harakati yoki harakatsizligida ifodalanadi. Xodim intizomga xilof nojoʻya harakati uchun, odatda, ish be-ruvchi tomonidan Intizomiy javobgarlikga tortiladi yoki unga nisbatan boshqa taʼsir choralari qoʻllanadi. Korxona, muassasa, tashkilotga moddiy zarar yetkazgan xodim mehnat huquqi meʼyorlari boʻyicha moddiy javobgar deb topiladi va Intizomiy javobgarlikga tortilishi yoki tortilmasligidan qatʼi nazar, undan zarar undirib olinadi. Intizomiy javobgarlik boʻyicha mehnat intizomini buzganlik uchun jazo choralari va ularni qoʻllanish, olib tashlash, Intizomiy javobgarlikning amal qilishi hamda Intizomiy javobgarlik ustidan shikoyat etish tartibi OʻzR Mehnat kodeksida (181 —184-moddalar) belgilangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые