INTERPOL

«INTERPOL» (interpol) — xalqaro jinoiy politsiya tashkilotining barcha tillar uchun qisqartirilgan umumiy nomi. 1923-y. Vena sh. (Avstriya)da asos solingan. Hoz. nomi manzilni qisqa qilib ifodalash tarzida 1-marta 1947-y. paydo boʻlgan. 1949-y. BMT unga rasmiy ravishda xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilot maqomini berdi. «Interpol»ning amaldagi ustavi 1956-y. 13-iyunda kuchga kirdi. «Interpol» jinoyatchilarni roʻyxatga olish xalqaro markazi sifatida ish koʻradi, shuningdek, jino-yatchilarni (jinoyatlarda gumon qili-nuvchilarni; bedarak yoʻqolganlarni; oʻgʻirlangan boyliklarni) xalqaro mi-qyosda qidirish ishlarini muvofiqlashtiradi. 185 davlat (1998-y.), shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi «Interpol»ning aʼzosidir (1994-y. dan). OʻzR Ichki ishlar vazirligi tarkibida «Interpol»ning Oʻzbekiston Respublikasidagi milliy markaziy byurosi tuzilgan. «Interpol»ning oliy organlari — bosh assambleya, uning sessiyalari har yili chaqirib turiladi; ijrochi qoʻmita, unga «Interpol» prezidenti boshchilik qiladi; bosh kotibiyat, unga bosh kotib rahbarlik qiladi. «Interpol» 1946-y. dan «Xalqaro jinoiy politsiya umumlashtiruvchi maʼlumoti» jur. ni nashr etadi. «Interpol»ning doimiy qarorgohi Fransiya qilib belgilangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x