INTERORETSEPSIYA

INTERORETSEPSIYA, interotsepsiya (lot. interior — ichki, receptio — qabul qilish) — ichki aʼzolar (yurak, qon va limfa tomirlari, nafas aʼzolari, ovqat hazm qilish yoʻllari va b.) dagi sezuvchi nerv uchlari (interore-septorlar) ning qoʻzgʻalishi natijasida vujudga keladigan impulslarning markaziy nerv sistemasi tomonidan qabul qilinishi. Ingliz fiziologi Ch. Sherrington I. ni oʻrganishni boshlab berdi. U I. ning maxsus tipi propri-oretsepsiyani topdi va muskul Interoretsepsiya sining harakat reaksiyalaridagi ahamiyatini aniqladi. Undan oldinroq muskul Interoretsepsiyasi rolini Interoretsepsiya Sechenov aniqlagan. I. P. Pavlovning tashki muhit analizatorlari bilan birga organizm ichki muhitining analizatorlari ham mavjudligi haqidagi tushunchasi Interoretsepsiyani oʻrganishda muhim turtki boʻldi. Bu tushuncha I. P. Pavlovning shogirdi K. M. Bikov va uning maktabi tomonidan rivojlantirildi. Ular interoretseptiv shartli reflekslar hosil boʻlishi mumkinligini aniqlab, Interoretsepsiyaning katta yarim sharlar poʻstlogʻi va uning funksiyasiga taʼsir qilishini isbotlab berishdi. Bu narsa fiziolog va vrachlarga ichki aʼzolar taʼsirchanligini oʻrganishning yangi usulini ochib berdi. Interoretsepsiyani oʻrganish natijasida tibbiyot na-zariyasi va tajribasi uchun muhim boʻlgan omillar aniqlandi. Interotseptik impulslarning kuchli oqimi barcha qon tomirlar, yurak va oʻpkadan markaziy nerv sistemasiga oʻtib, tomirlar tonusini tartibga soladi. Hazm yoʻli ishini yaxshilashda ham Interoretsepsiyaning ahamiyati katta. Interoretsepsiya va eksteroretseptorlardan markaziy nerv sistemasiga keladigan taʼsirotlarning nisbati organizm reaksiyasining bir butunliligini va organizm ichki muhitining uzluksiz oʻzgarib turadigan tashki muhit taʼsirlariga moslashishini taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x