INTERNATSIONAL — tarixda xalqaro ishchilarning, sotsialistik, kom-munistik partiyalarning uyushmalari. 1-Internatsional (Xalqaro ishchilar shirkati) — proletariatning 1864 — 76 y. lardagi birinchi xalqaro tashkiloti. Unga K. Mars va F. Engels Londonda asos solgan; 2-Internatsional — sotsialistik partiyalarning xalqaro birlashmasi. 1889-y. da Engels ishtirokida Parijda tashkil topgan. 1-jahon urushi boshlanishi bilan tarqalib ketgan. Shuningdek, Bern I. i (1919-23), «2 U2-I.» (Vena I. i, 1921-23) ham boʻlgan. Ulardan 1923-y. Gamburg sh. da Sotsialistik ishchi Internatsionali tashkil topdi (bu Internatsional 2-jahon urushi boshlangach, oʻz faoliyatini toʻxtatdi); Kom-munistik Internatsional (Komintern, 3-I., 1919-y. Moskvada asos solindi, 1943-y. tarqatib yuborildi); 4-I. (1938-y. Parijda L. D. Troskiy asos solgan) va b. 1951-y. Frankfurtmaynda Sotsialistik Internatsional (Sotsintern) tashkil topdi. U 103 ta partiya va tashkilotni birlashtiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые