INTERIORIZATSIYA

INTERIORIZATSIYA (lot. interior – ichki) — tashki real xattiharakatlarning ichki harakatlarga aylanish ja-rayoni; tashqi ijtimoiy faoliyatni oʻzlashtirish tufayli odam ichki psixikasining shakllanishi. Interiorizatsiya atamasini fransuz psixologlari P. Jane (18591947), J. Piaje (1896-1980), A. Vallon (1879—1962) va b. muomalaga kiritishgan. E. Dyurkxeym asarlarida u ijtimoiylashuv tushunchasi bilan bogʻlab berilgan. «Interiorizatsiya» tushunchasi inson faoliyati va ongining oʻzaro bogʻliqligini, inson mehnati mahsullari bilan oʻzaro munosabat jarayonida ijtimoiy-tarixiy tajribani odam qanday oʻzlashtirishi mumkinligini koʻrsatadi. Soʻzlashishga oʻrganish Interiorizatsiyaning muhim omili hisoblanadi; bunda ham avvalgi avlodlar tajribasining umumlashgan shakldagi koʻrinishi bor. I. insonga ayni pallada uning idroki doira – I sida boʻlmagan narsalarni timsollar I orqali anglash, fikran oʻtmishga, ke – h lajakka, makonga va sh. k. ga oʻtish imkonini beradi. Interiorizatsiya shaxs insoniy qad-riyatlarni oʻzlashtirishi tufayli haqiqiy inson psixikasi shakllangan – h ligini koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x