INTELLEKTUAL MULK — ijodiy akliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obyekti huquqi maj-muiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va i. ch. sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼ-ati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, komp-yuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma ata-malari va b. akliy mulk obyektlariga kiradi. Hoz. davrda Intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi 1991-y. dek. da Jahon intellektual mulk tashkilotiga aʼzo boʻldi, 1993-y. dan sanoat mulkini muhofaza qilish Parij konvensiyasiga qoʻshildi.