Insonparvarlik – ulugʻ sifat

Rahm-shafqat qilish, mehribonlik, inson farzandini oʻz bagʻrim deb tushunib, ularga ham oʻzini ayagandek ayab qarash – bularning hammasi yurak ishidir.

 

* * *

Odamgarchilik kishining qalbida boʻladi, qalbingni pok saqla.

 

* * *

Ibratni yaxshidan olgan yaxshi.

 

* * *

Chin inson ortdan soʻzlab kulib yurmas.

 

* * *

Yaxshi-yomonni koʻrib ibrat olmoq – hayotda seni yoʻldan ozishdan ehtiyot qiladi.

 

* * *

Dunyodagi barcha mavjud hodisalarning sirini hech boʻlmasa yuzakiroq boʻlsa ham bilmaslik – bu odamgarchilikdan emas.

Abay.

 

* * *

Dunyoda odamgarchilikni bilmaydigan arbobdan madad kutib, umringni zoye oʻtkazma.

Abdulqodir Bedil.

 

* * *

Insondagi hamma narsa – insonlar uchun.

Maksim Gorkiy.

 

* * *

Hech kimni yoqtirmaydigan kishi, hech kimga yoqmaydigan kishidan baxtsizroqdir.

F. Laroshfuko.

 

* * *

Xalqimga bir nafim tegmagai kunni,

Umrim hisobiga qoʻsha olmayman.

Maʼsud Saʼd Salmon.

 

* * *

Odam boʻlib odam qadrin bilmagan,

Kishilardan oʻtlab yurgan mol yaxshi.

 

* * *

Odam bor, ming tuman yedirsang ozdir,

Bordir odam, yegan noniga tengmas.

 

* * *

Otilgan oʻq toshdan qaytmas,

Mard nomardni odam demas.

Maxtumquli.

 

* * *

Odam oʻlgʻon, zebi-zohirdan demas,

Kimki andin faxr etar odam emas.

Menga ne yoru ne oshiq havasdir,

Gar men odam oʻlsam – ushbu basdir.

Alisher Navoiy.

 

* * *

Yaxshilarni ham, yomonlarni ham unutmangiz! Oʻzi uchun va sie uchun halok boʻlgan kishilar haqidagi shahodatlarni chidam bilan toʻplangiz!

 

* * *

Odamgarchilik vazifasini ado qilish uchun mard yurak kerak. To odamlarning hammasi chinakam insonlik darajasiga yetmaguncha bu yurak ishdan toʻxtamasligi kerak.

 

* * *

Voqealardan ham koʻra odamlar haqida koʻproq soʻzlash kerak. Hammadan muhimi – odamlar.

Yulius Fuchik.

 

* * *

Men odamlar uchun yashayman!

Qudratim – shundadir.

Faxrim – shundadir.

Doʻstlarim – iqbolim, baxtim shundadir.

Nozim Hikmat.

 

* * *

Kishi boʻlmasa maʼnidin xabardor,

Ani odam dema, de naqshi devor…

Xuvaydo.

 

Ojiz kishini koʻtarib qoʻymoq uncha katta ish emas,

Koʻtarib qoʻygandan keyin unga madad ham berish kerak.

Shekspir.

 

* * *

Birov butun bir bogʻni hadya qiladi, – boshqa birov esa, bir bosh uzum ham bermaydi.

Arman maqoli.

 

* * *

Qul boʻlish oson, odam boʻlish qiyin.

Bersalar – ol, soʻrasalar – ber.

Gruzin maqoli.

 

* * *

Agar sen chin inson boʻlsang, poʻlatday mahkam boʻl.

Qirgʻiz maqoli.

 

* * *

Yaxshidan yetar sharofat,

Yomondan yetar kasofat.

Tojik maqoli.

 

* * *

Minnatdorlik aytish ezgu ehtiyoj,

Baxtdir – inson ochsa insonga quloch.

zbek maqoli.

 

“Aql aqldan quvvat oladi” (Hikmatli soʻzlar, aforizmlar va maqollar. “Oʻzbekiston” nashriyoti, Toshkent – 1967) kitobidan.

https://saviya.uz/ijod/nasr/insonparvarlik-ulug-sifat/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x