Insonni “kashf etish”ning oʻn usuli

Psixologlar fikricha, imo-ishoralarni va feʼl-atvorni “oʻqiy olish” samarali suhbat qurishning eng muhim shartidir. Bu ajoyib ilmni har kim oʻrganishi mumkin, agar bunday qobiliyat tugʻma boʻlsa, uni rivojlantirish juda oson.

Maʼlumotlarga qaraganda, odam 70 foiz axborotni koʻzlardan oladi, yaʼni aksariyat maʼno koʻzlarda ifodalanadi. Mana shu maʼnoni tushuna olish yashirin fikrlar va tuygʻularni anglashga yordam beradi.

Odamning qadam tashlashi, yuz ifodasi, imolari, qarashi, odatlariga qarab u haqdagi ilk xulosani chiqaramiz. Bu holat ongosti hodisasi hisoblanadi. Ong osti jarayoni degani nimani anglatadi? Masalan, gazeta oʻqib oʻtiribsiz. Koʻchadagi mashinalar, odamlarning shovqin-suronini ongingiz siz istamasangiz ham qabul qiladi, miyangizda shu toʻgʻrida maʼlumot hosil boʻladi. Xuddi ana shu holat anglashning ongosti jarayoni hisoblanadi.

Koʻplab imo-ishoralar ongga bogʻliq boʻlmagan tarzda amalga oshadi, lekin insonning kayfiyati va fikri haqida keng qamrovli axborot berishi mumkin. Yaxshi suhbatdoshni topish, yaxshi suhbatdosh boʻlish uchun imo-ishoralar va harakatlarning “maʼno”sini toʻgʻri fahmlay olish kerak. Quyida mutaxassislar tadqiq qilgan oʻnta vaziyatni eʼtiboringizga havola qilamiz. Bilib olgan harholda zarar qilmasa kerak.

1. Bamoqlarni jipslashtirish. Uchta varianti bor: barmoqlarni yuzda birlashtirish, stolga yoki tizzaga qoʻyib oʻtirish. Bu holat suhbatdoshingiz zerikkanini, oʻzining salbiy munosabatini yashirishga urinayotganini bildiradi. Bunday paytda suhbat mavzusini, vaziyatni tubdan oʻzgartiring.

2. Ogʻizni qoʻl bilan berkitish (bir nechta barmoq yoki musht bilan). Bu holat suhbatdoshingiz sizni “aldayapti” deb oʻylayotganidan dalolat.

3. Quloqni qashish yoki siypalash. Bu narsa suhbatdoshingiz meʼyoridan ortiq tinglagani, gapirishni istayotganini bildiradi. Bunday paytlarda monolog emas, diolog hosil qiling.

4. Boʻyinni qashish yoki siypalash. Suhbatdoshingizning bu kabi harakatlari sizga ishonmayotgani, gumonni anglatadi.

5. Barmoqlarni ogʻiz chekkasiga qoʻyish. Mazkur holat suhbatdoshingiz fikringizni maʼqullayotganini, siz tarafda ekanini bildiradi.

6. Suhbatdoshingiz peshanasi, chakkasi yoki iyagini siypalaydi, yuzini qoʻllari bilan berkitadi. Bu holat u hozir hech kim bilan gaplashishni istamayotgani belgisi. Toʻxtash kerak, bu tarzda davom etadigan suhbatdan baribir yaxshi natija chiqmaydi.

7. Koʻzni olib qochish. Bu suhbatdoshingiz nimanidir yashirayotganini bildiradigan eng yorqin belgi.

8. Qoʻllarni koʻkrak atrofida birlashtirish. Mazkur vaziyatda suhbat mavzusini oʻzgartirish yoki biryoʻla toʻxtatib qoʻya qolish kerak. Agar suhbatdoshingiz qoʻllarini qovushtirib yelkasidan oʻtkazib olgan boʻlsa, bu narsa uning haddan ziyod asabiylashganini bildiradi.

9. Qanshar (ikki qosh orasi)ni chimdish. Bu narsa suhbatdoshingiz fikrlayotganini, nimanidir oʻylayotganini koʻrsatadi.

10. Suhbatdoshingizning xona boʻylab uyoqdan-buyoqqa yurishi. Mazkur holat bahs-munozara oʻrtogʻingizni qiziqtirayotganini, biroq oʻylab, bir qarorga kelishga urinayotganini ifodalaydi. Shoshishning, shoshirishning hojati yoʻq.

Yuqoridagi holatlarning ayrimlari, balki sizga allaqachon maʼlumdir. Bu xulosalar tadqiqot natijasi, xolos. Balki ularda xatoliklar bordir. Agarda siz kuzatuvchan boʻlsangiz, vaziyatni toʻgʻri tahlil qila olsangiz, toʻgʻri xulosani mustaqil chiqara olasiz.Har holda hayot, odamlar, voqea-hodisalarning mohiyati haqida muntazam oʻylash, fikrlash miya faoliyati yaxshilaydi.

 

Orifjon Madvaliyev tayyorladi.

 

2008

https://saviya.uz/turfa-olam/insonni-kashf-etishning-on-usuli/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x