“Insoniyat bemor tanasiga turli narsalarni ekishni, koʻchirib oʻtkazishni oʻrgandi. Lekin vijdonni emas!”

Quyida keltiriladigan fikrlar ijtimoiy tarmoqlardagi “Tarix muxrlagan soʻzlar” sahifasidan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

 

*****

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam mutlaqo boshqacha inson boʻlganlar! Haqiqiy, sadoqatli banda boʻlganlar! Islom tarixini oʻqiymiz-ku, tafakkur qilib koʻraylik! Koʻz oldimizga keltirishga urinaylik! Sahobai kiromlar uyalganlaridan ul muborak zotning yuzlariga, koʻzlariga tik qaray olishmagan! Oʻshanday mard, pok, goʻzal xulqli, iffatli, rostgoʻy, omonatdor, adolatli va muborak bir insonni bizga Paygʻambar qilib yuborgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar boʻlsin! 

Insoniyat bemor tanasiga turli narsalarni ekishni, koʻchirib oʻtkazishni oʻrgandi. Lekin vijdonni emas!

*****

Qoʻrquvim oʻlim emas, balki, qanday oʻlish! Ey Robbim! Xotimamizni goʻzal qilgin!

*****

«Baliq yegani falon oshxonaga boramiz. Piston oshxonada baliqni yaxshi pishirolmaydi», «Birinchisiga qanaqa ovqatlaringiz bor?», «Qovurilgan tovuq emas, grill tabaka yegim kelyapti» kabi gaplar bilan taomlarni tanlab-tanlab tanovul qilayotgan paytimizda, qorni ochganda, yegani narsa topolmay qiynaladiganlar borligini unutib qoʻymaylik! Alloh taoloning neʼmatlariga koʻproq shukr qilaylik!

*****

Kim Allohni yaxshi koʻrish-koʻrmasligini bilmoqchi boʻlsa, oʻzini Qurʼonga roʻbaroʻ qilsin. Kim Qurʼonni yaxshi koʻrsa, demak, u Allohni yaxshi koʻradi. Chunki, Qurʼon Allohning Kalomidir.

Ibn Masʼud roziyallohu anhu

*****

Agar Alloh taolo dunyoni senga bermay, qiyinchiliklarni senga koʻpaytirayotganini koʻrsang, bilki, albatta, sen Uning nazdida aziz ekansan.

*****

Sabr qil, kechadan keyin kunduz bor.

Sabr qil, yomgʻirdan keyin musaffolik bor.

Sabr qil, bemorlikdan keyin shifo bor.

Sabr qil, mahzunlikdan keyin xursandchiliklar bor.

Sabr qil, duodan keyin ijobat bor.

Alloh taolo barchamizni sabr ila rizqlantirib, duolarimizni ijobat etsin!

***** 

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga: “Kaʼbaga yopinchiq yoptirmaysizmi?” deyildi. Shunda u kishi: “Musulmonlarning qornilari muhimroq” dedilar.

*****

Koʻprikdan oʻtayotgan kishi koʻprikka mahliyo boʻlib chalgʻimasligi, qirgʻoqqa tinch oʻtib olishga urinishi kerak. Shuningdek, dunyo kishini Oxiratdan chalgʻitmasligi, dunyoga mahliyo boʻlmasdan, qabr va Oxiratga tinch oʻtib olishga urinishi kerak.

*****

— Ey Hasson, bizga sheʼr aytib ber.

— Qurʼon nozil boʻlishni boshlaganda, tilim tutilgan!

*****

Tobeinlarning birlaridan «Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni koʻrdingizmi?» deb soʻraldi. Shunda u kishi «Ha, miskin libosidagi farishtani koʻrdim» deya javob berdilar.

*****

Ey Alloh! Bizni shirin hayot, yaxshi ato, keng rizq, fikr sofligi, ofiyat libosi va goʻzal xotima bilan rizqlantir!

*****

Sadaqa berayotganingda, bu kishi pulimga muhtoj, demagin! Balki, Robbimning magʻfiratiga va sadaqaning savobiga men muhtojman, degin.

*****

Ey Robbim! Sen shunchalik Mehribon Zotsanki, eshikni berkitib, uyi ichida gunoh qilayotgan bandang nafas olishi uchun eshik tirqishidan havoni kiritib turasan.

*****

Baʼzilar bilan gaplashib, farosat katta neʼmatligini yanada koʻproq sezib boramiz.

*****

Yusuf alayhissalomning akalari oʻn bir kishi edi. Shunday boʻlsa-da, ular ukalariga qarshi nayrang qildilar.

Muso alayhissalomning akalari Horun alayhissalom boʻlib, ukalariga vazir boʻldilar va yonlarida turdilar.

Demak, songa emas, baraka va salohga eʼtibor beriladi.

«Yoqimli gap»

*****

Istigʻforni koʻpaytirganing sari hayoting yaxshiliklar bilan nurafshon boʻlib, musibatlar uzoqlashib boraveradi.

ASTAGʻFIRULLOH

ASTAGʻFIRULLOH

ASTAGʻFIRULLOH

*****

Ey Alloh! Albatta, Sen Afuvv (Kechiruvchi)san, Kariymsan. Kechirishni yaxshi koʻrasan. Meni afv qilgin, kechirgin!

*****

Hech kim dunyoni obod qilishdan qaytarilmaydi. Aksincha, dunyoni haloldan topishga, birorta kimsaga muhtoj boʻlmaslikka va insonlarga infoq qilishga, topadigan halol molidan qabr va Oxiratning obod boʻlishiga sabab boʻladigan oʻrinlarga sarf qilishga buyuriladi. «Alloh taolo oilamning nafaqasini zimmamga yuklagan» degan niyat bilan halol molu dunyo topishga intilish Dinimizda ibodat hisoblanadi.

*****

Bemor Alloh taoloning rahmati bilan shifo topadi.

Musofir Alloh taoloning izni bilan qaytib keladi.

Mahzun Alloh taoloning yordami bilan xursand boʻladi.

Musibatga uchragan Alloh taoloning fazli bilan yengillikka erishadi.

Qarzdor Alloh taoloning madadi bilan qarzdan qutuladi.

Barchamiz rahmatni, yordamni, madadni, fazlni Alloh taolodan soʻraylik! Faqat Unga tavakkul qilaylik! 

 

 

Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

 

muslim.uz

https://saviya.uz/ijod/nasr/insoniyat-bemor-tanasiga-turli-narsalarni-ekishni-kochirib-otkazishni-organdi-lekin-vijdonni-emas/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x