«Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» uchun sherlar

«Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» uchun sherlar

 

Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan Yangi yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» bilan chin yurakdan tabriklayman! Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin aziz yurtdoshlar!

 

Inson qadri ulug‘langan el

 

Inson qadri yuksalgan millat,
Matonatli farzandlar bisyor,
Mahallada jonkuyar ham ibrat,
Rahmat go‘zal mehmondo‘st diyor.
Yillar nomi baxsh etgay chiroy,
Odamlari jasur hotamtoy.
Tunlarini yoritar to‘lin oy,
Yo‘lbars yili bo‘l hikmatga boy!
«-To o‘lguncha shu o‘lkada qol»,
Hamid bobom boqiy izhori.
Inson qadri ulug‘ bu elni,
O‘lmas mangu shodlik bahori.
Zafar quchgan, insonlari hur,
Qalbi daryo,ko‘zlarida nur.
Der- har ishga tayyorman buyur,
Tinglab jo‘shar yurakda g‘urur.

Qutlug‘ bo‘lsin Yangi yilingiz,
Aziz damlar, go‘zal imkonlar
Inson qadri abadiy so‘nmas,
Elim ko‘rma aslo armonlar.

Yurtboshisi dono xalqimning,
Orzulari chorlar baxt sari,
To bor ekan buyuk muhabbat,
Go‘zallikka to‘lgay yer shari.

 

Baxtiyor Yo‘ldoshev
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x