INSHOOTLAR DINAMIKASI

INSHOOTLAR DINAMIKASI, inshootlar tebranishlari nazariyasi — qurilish mexanikasi boʻli-mi. Inshootlarning tashqi dinamik kuchlar (titrash, zarba va b.) taʼsiriga chidamliligi, mustahkamligi va ustuvorligini hisoblash usullarini oʻrganadi. Mashinalarning ishlashi, koʻchalardagi transport qatnovi, yer qimirlashi, portlash va b. inshootlarning tebranishiga sabab boʻladi, mus-tahkamligi va ustuvorligiga taʼsir qiladi. Inshootlarni loyihalashda bular hisobga olinadi. Inshootlarning mustahkamligi va ustuvorligi masalalari statik va dinamik hisoblar xamda tegishli tadqiqotlar asosida hal qilinadi.

Tadqiqot usullariga koʻra, Inshootlar dinamikasi eksperimental va nazariy xillarga boʻlinadi. Eksperiment al Inshootlar dinamikasida inshootlarning oʻzi va modeli bilan tajribalar oʻtkazib, inshootlarga tushadigan dinamik nagruzkalar xamda materiallar va qurilmalarning xa-rakteristikalari oʻrganiladi; inshootlarni hisoblash sxemalarining toʻgʻriligi va tebranishlarni kamaytirish usularining samaradorligi tekshiriladi. Nazariy Inshootlar dinamikasida ek-sperimental Inshootlar dinamikasi sinovlari natijalariga asoslanib, dinamik nagruzka taʼsiri ostida inshootda vujudga keladigan majburiy tebranishlar (sil-jish, ichki zoʻriqish va kuchlanishlar) amplitudalarini, inshootlarning erkin (xususiy) tebranishlari chastotasi va shakllarini aniqlash usullari ishlab chiqiladi. Tebranishlarning hisobiy qiymatlari inshootlarning mustahkamlik va ustuvorlik talablarida keltirilgan ruxsat etilgan qiymati b-n, shuningdek, titrashlarning inson salomatligiga zararli taʼsiri haqidagi ogohlantirishlar b-n taq-qoslanadi. Inshootlar dinamikasi usuliga asosan ishlab chiqilgan dinamik hisoblashlar inshootlarning puxta va kup ga chidamli materiallarini tejashni taʼminlashga imkon beradi.

Oʻzbekistonda Inshootlar dinamikasiga oid i. t. ishlari Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seymik mustahkamligi intida, Toshkent arxitektura va qurilish intida olib boriladi. Mas, Mexanika va inshootlarning seysmik mustah-kamligi intida inshootlarning mus-tahkamligi sunʼiy zilzila taʼsirida tekshirilib, bu sohada muhim masalalar hal qilinadi. Dunyoda ilk bor yer osti inshootlar dinamikasi yaratildi va hayotga tadbiq qilindi.

Tursun Rashidov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x