INSBRUK

INSBRUK — Avstriyaning gʻarbidagi shahar. Tirol yerining maʼmuriy markazi. Sharqiy Alp togʻlarida. Inn da-ryosi (Dunay irmogʻi) boʻyida, 574 m balandlikda. Aholisi 144,2 ming kishi (2000). Italiya, Shveysariya va GFRga boriladigan transport yoʻllarining yirik tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mayin movut, ip gazlama, shoyi toʻqiladi; shisha va koshindan badiiy bu-yumlar ishlab chiqariladi. Metallsozlik, kimyofarmatsevtika va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Turizmning yirik markazi. Qishki sport musobaqalari oʻtkazib turiladi. 9-, 12qishki olimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan (1964, 1976). Un-t (1669-y. dan), muzeylar, teatrlar, botanika bogʻi bor. Tarixiy binolar va meʼmoriy yodgorliklaridan shahar minorasi (14—16-a. lar), Xofburg saroyi (14—18a. lar), Xofkirxe cherkovi (1553—63) va b. saqlangan.

Insbruk 1234-y. da shahar huquqini olgan. 1814-y. da Avstriyaga qaytarib beril-gunga qadar Insbruk turli davlatlar tarki-bida boʻlib keldi. 1938-y. da fashistlar Germaniyasi bosib oldi; 1945—55 y. larda okkupatsiya qilingan Avstriyaning Fransiya zonasida boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x