INOYATNOMA (arab, inoyat — gamxoʻrlik va fors, noma — xat, maktub) — 1) podshoh, xon, amir, shuningdek, boshqa ulugʻ mansabdor kishilardan kelgan va unda maʼlum iltifot bayon qilingan maktub;
2) 15—18-a. larda biror soliq va jarimadan ozod qilinganlik yoki biror imtiyoz olganlikni koʻrsatuvchi rasmiy hujjat;
3) Qoʻqon xonligida nufuzli kishilar safarga chiqqanlarida xon tomonidan qatagʻon qilingan yer (q. Koʻrugʻ), oʻrmon, koʻl va h. k. dan yoʻl-yoʻlakay foydalanish uchun berilgan ruxsatnoma; 4) dushmanga qarshi qurolli kurashga chaqirilgan daʼvatnoma.