INNOVATSIYA (ing. innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar;
2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllanilishi.