INJINIRING

INJINIRING (ing. injineering — ixtirochilik,) muhandislikmaslahat xizmatlari — tijo-ratchilik qoidalariga asoslangan holda i. ch. ni tashkil etishni taʼminlash, mahsulot sotishni uyushtirish va b. yuzasidan maslahat berish. Bu ish bilan max-sus ixtisoslashgan Injiniring firmalari, be-vosita yirik sanoat va qurilish firmalari shugʻullanadi, ular bir vaqtning oʻzida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport I. firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat koʻrsatadi, mu-rakkab va katta loyihalarni amalga oshiradi. Injiniring firmalari bozorning muhim ishtirokchisi hisoblanadi. Xalqaro Injiniring xizmati ishning texnik-tashkiliy va tijorat tomonlari koʻrsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi. Injiniring mohiyati b-n muayyan pulli xizmatlarga buyurtmaning bir koʻrini-shidir. Injiniring xizmatlari 2 guruhga boʻlinadi: i. ch. jarayonini tayyorlash bilan boglis xizmatlar, i. ch. va mahsulotni sotish jarayonini meʼyorda borishni taʼminlash boʻyicha xizmatlar. Xizmat larning birinchi guruhiga loyihaga qadar, loyiha, loyihadan keyingi va maxsus xizmatlar; ikkinchi guruhga korxonani ishlatish, boshqarish jara-yonlarini optimallashtirish va uning mahsulotlarini sotish bilan bogʻliq ishlar kiradi.

Hoz. davrda Injiniring xizmatlari bozorida asosiy xaridor rivojlanayotgan davlatlar boʻlsa, sotuvchilar sanoati rivojlangan mamlakatlardir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x