INGLIZ TILI

INGLIZ TILIhind-yevropa tillari oilasining gʻarbiy german tillari guruhiga mansub. Ingliz tili BMTning rasmiy ish yuritish tillaridan biri, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Shim. Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Osiyo va Afrikadagi koʻpgina mamlakatlarda tarqalgan. Bu tilda yer yuzidagi 400 mln. dan ortiq kishi gaplashadi (1992). Buyuk Britaniya va Shim. Irlandiya, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada (fransuz tili bilan birga), Irlandiya (irland tili bilan birga), Hindiston va 15 ta Afrika davlati (JAR, Nigeriya, Gana, Uganda, Keniya, Tanzaniya va b.)da rasmiy til sifatida qoʻllaniladi.

Ingliz tili mil. av. 5—6-a. larda kad. german qabilalari (ingliz, saks va yut)ning tillaridan kelib chiqqan. Kad – I. t. (7 — 11-a. lar) anglosaks tili deb atalgan va 4 shevaga ega boʻlgan: nortumbriy, mersiy, uessek va kent. 9—11-a. larda uessek shevasi asosida adabiy Ingliz tili shakllangan. Oʻrta Ingliz tili (12—15-a. lar) ur-gʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi natijasida feʼllik soʻz birikmalari koʻp oʻzgarishlarga uchragan. 16—17-a. larda yangi Ingliz tili yuzaga kelgan.

Hoz. Ingliz tili oʻz hududiy shevalariga ega. Buyuk Britaniyada shotland shevasi, shim., jan., markaziy shevalar guruhi, AQSHda Sharqiy, Oʻrta Atlantika (markaziy), jan. sharqiy, oʻrta, gʻarbiy shevalar guruhi mavjud. Ingliz tili fonematik tizimida oʻziga xos unlilar va undoshlar mavjud. Boshqa german tillaridan Ingliz tili analitik qurilish belgisi bilan farqlanadi. Grammatik munosabatlarni ifodalashda yordamchi soʻzlar (artikl, yordamchi feʼllar, predloglar) va soʻz tartibi katta ahamiyatga ega. Ingliz tili boshka tillar (lotin, fransuz, italyan, ispan va b.)dan 70% ga yaqin soʻz qabul qilgan. Ingliz tilining amerikacha variantini Buyuk Britaniya variantidan farqini shu bilan izohlash mumkinki, Shim. Amerikaga dastlab koʻchib kelganlar (1607) London va uning atrofidan, keyingilari esa Shim. Britaniya va Irlandiyadan kelishgan. AQSH tilida Britaniyadagi singari yorqin ifodalangan shevalar yoʻq. Prof. X. Kurat taxriri ostida chiqqan «AQSH va Kanadaning tilshunoslik atlasi»da (1939) yetti sheva, shu jumladan, tarqalishi hududi jihatidan eng salmoqli boʻlgan AQSHning markaziy va shim. viloyatlari shevalari ajratib koʻrsatilgan; u AQSHda asosiy adabiy meʼyor hisoblanadi. Ingliz tilining amerikacha va Buyuk Britaniya variantlari oʻrtasidagi farq leksikada va maʼlum darajada fonetikada na-moyon boʻladi; grammatikasidagi farq sezilarli emas. Ingliz tilining mavjud Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va JAR adabiy variantlari xususida ham shunday fikrni aytish mumkin. Ingliz tili yozuvi lotin alifbosi asosida.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x