INFORMATSIYA TARMOGʻI

INFORMATSIYA TARMOGʻIinformatsiya (axborot) ni ishlab (oʻrganib) chiqishning oʻzaro hamkorlashuvchi va maʼlumotlarni uzatish kanallari orqali bogʻlanuvchi avtomatik ti-zimlar majmui. Mahalliy (lokal) va hududiy (territorial) turlari bor. Mahalliy Informatsiya tarmogʻi korxona, tashkilot va xoʻjalik mikyosida ish yuritadi. Mu-ayyan korxona (tashkilot, xoʻjalik) boʻlimlari (sexlari, omborxonalari, brigadalari va b.) orasidagi informatsiya almashinuv jarayonlari, asosan, EHM, kompyuterlar tizimi (eskicha uslubda ishlaydigan joylarda radio, telefon aloqa) orqali amalga oshiriladi. Hududiy Informatsiya tarmogʻi mintaqalar, mamlakatlar va xududlarni qam-rab oladi. Bunday Informatsiya tarmogʻi keng koʻlamli boʻlib, mintaqa (mamlakat, hudud) lararo informatsiya (axborot) alma-shinuvi, asosan, internet tizimi (sunʼiy yuldoshlar, telegraf, teletayp, telefaks va b.) orqali amalga oshiriladi (yana q. Informatika, Informatsiya nazariyasi)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x