INFORMATSIYA (lot. informatio — tu-shuntirish, bayon qilish) — 1) odamlar bir-biriga ogʻzaki, yozma yoki boshqa usulda (mas, shartli signallar, texnika vositalari va b. yordamida) beradigan axborot, shuningdek, axborot berish va olish jarayoni;
2) fan va texnikadagi tushuncha. Bu tushuncha faqat odamlar orasidagi axborotni emas, balki odam bilan avtomat, avtomat bilan avtomat (kibernetikada) oʻrtasidagi axborotni, hayvonlarda va oʻsimliklar oʻrtasidagi signallar almashinuvini ham oʻz ichiga oladi. 20a. oʻrtalaridan toʻqimadan toʻqimaga, orga-nizmdan organizmga irsiy va b. alomatlar oʻtishi ham Informatsiya uzatish deb karala boshladi. Genetik Informatsiya, biologik kibernetika tushunchalari shu tariqa vujudga keldi. Informatsiyaning miqdor oʻlchovi taklif qilindi, natijada informatsiya nazariyasi paydo boʻldi.
Informatsiya tushunchasiga atroflicha yondashish va aniq miqsor oʻlchovi paydo boʻlishi Informatsiyani oʻrganishga katta qiziqish uygʻotdi. 50-y. lardan boshlab, turli hodisa va jarayonlarni tavsiflashda Informatsiya tushunchasidan foydalanishga harakat qilinmoqda. Jumladan, Informatsiyaning asosiy xos-salarini ifodalaydigan matematik apparatni ishlab chiqish, mavjud matematik vositalar asosida Informatsiyaning turli xossalarini oʻrganish, uning metodlaridan lingvistika, biol., psixologiya, sotsiologiya, ped. va b. sohalarda foydalanish ustida tadkiqotlar olib borilmoqda.
Ijtimoiy-siyosiy Informatsiya — ichki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar, jamiyat hayotidagi ommaga taalluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqti-sodiy, ilmiy, madaniy jarayonlar va b. haqida ommaviy kommunikatsiyalar vo-sitasida tarqatiladigan xabarlar maj-mui. Jurnalistikada operativ Informatsiya publitsistika janrlari — xronika, xabar, reportaj, hisobot, intervyu, obzor orqali tarqatiladi.
Demokratik jamiyatda Informatsiyaga rostgoʻylik, hayotiy faktlarni aniq bayon etish, ijtimoiy hayotdagi voqea va jarayonlarni xolis taxlil etish va sharhlash talabi qoʻyiladi.