Informatika o‘qituvchilari uchun sertifikatlash milliy tizimi joriy etiladi

Informatika o‘qituvchilari uchun sertifikatlash milliy tizimi joriy etiladi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Vazirlar Mahkamasining “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha sertifikatlash milliy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda. Qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur qaror loyihasida umumta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash va sertifikat berish tartibi belgilanmoqda.
Loyiha ilovasi bilan o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini egallash darajasi bo‘yicha sertifikat 3 yil muddatga berilishi va sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasi bo‘yicha foiz miqdorida har oylik ustama joriy etilishi nazarda tutilmoqda.
Unda, birinchi bosqich natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 70 foizini to‘plagan o‘qituvchilarni ikkinchi bosqichga tavsiya etish va ikkinchi bosqich natijalari bo‘yicha eng yuqori ballning:

    40-49 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 10 foiz miqdorida;

    50-59 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 20 foiz miqdorida;

    60-69 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 30 foiz miqdorida;

    70-79 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 40 foiz miqdorida;

    80-100 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama joriy etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish (nazariy va amaliy) ko‘nikmalarini aniqlash uchun topshiriqlar formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yori), baholash mezonlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilishi, Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanishi va saytiga joylashtirilishi belgilangan.
Bildirilishicha, “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalarni egallash darajasini aniqlash bo‘yicha milliy tizim joriy etilib, nazariy va amaliy sinovlarni kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan nazariy va amaliy sinovlar uchun o‘qituvchidan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x