INDUKTIVLIK GʻALTAGI

INDUKTIVLIK GʻALTAGI — sigʻimi va faol qarshiligi ancha kichik boʻlgani holda katta induktivlik qosil qiladigan spiralsimon oʻtkazgich. Bir tolali, baʼzan, koʻp tolali izolyatsiyalangan simni silindr, toroid yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklli dielektrik-karkasga oʻrab tayyorlanadi. Karkassiz Induktivlik gʻaltagi ham bor. I. gʻ. simini bir qatlamli va koʻp qatlamli qilib oʻrash mumkin. Gʻaltak induktivligini oshirish uchun, koʻpincha, ferromagnit (elektrotexnika poʻlati, permalloy, ferrit va b.), oʻzak qoʻllaniladi. Induktivlik gʻaltagi induktivligi gʻaltak oʻlchamlariga, oʻramlari soni kvadra-tiga va oʻzakning magnit singdiruvchanligiga toʻgʻri proprsional boʻladi. U elektr filtrlar va tebranish konturlarining elementi sifatida, transformatorlarda, rele, magnitli kuchaytirgich, elektromagnit va b. da qoʻllaniladi.

Mikromodullarda qoʻllaniladigan yassi bosma gʻaltak, elektr mashinalarining chulgʻamlari, ramkali va ferrit antennalar ham Induktivlik gʻaltagi xillari hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x