INDRAPRASTHA, Indrapat — qad. hind shahri; taxm. hoz. Dexli oʻrnida joylashgan. «Mahabharata» ga koʻra, Pandavlar urugʻi tomonidan barpo etilgan. Rivoyatlarga koʻra, Kuru uru-gʻidan boʻlgan shoxlar, Hastinapur sh. : ni Gang daryosi yuvib ketib shahar vayron boʻlgach, Indraprasthani oʻz poytaxtlariga aylantirishgan. Manbalarga koʻra, Indraprastha kattaligi jihatidan faqat Kashi (qad. – |. Banoras) dan keyin turgan. Mil. 2-a. I da Ptolemey Indrabara sh. ni qayd etib oʻtgan, uni Indraprastha bilan aynan deyish mumkin. Soʻnggi yillarda hind arxeologlari Purana Kila sh. xarobasida qazishma ishlari olib borishmoqda. Rivoyatlarga kura, Indraprastha shu yerda joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые