DO`STLARGA ULASHING:
Indometatsin tabletka
#Индометатсин таблетка
💊Dori shakli : tabletka
💊Tarkibi : 👇
Indometatsin — 25 mg
💊Ta’siriga ko’ra : 👇
Yallig’lanishga qarshi , og’riq qoldiruvchi va revmatizmga qarshi vosita
💊QO’LLANILISHI 👇
— Bo’g’im og’riqlarida , qo’l — oyoq bo’g’imlari va boshqa bo’g’imlar og’rishida qo’llaniladi.
— Revmatoid artrit va osteoartritda kabi suyak bo’g’im kasalliklarida.
— Sportchilardagi jarohatlarda ( tabletkasi va mazi ham qo’llaniladi ).
— Ayollarda og’riqli hayz vaqtlarida qabul qilinadi.
— Podagra kasalligida
— Umurtqa pog’onasi og’riqlarida va yallig’lanishida .
— Nerv va mushak og’riqlarida , ya’ni nevralgiya va mialgiyada
— Travmadan keyingi yumshoq to’qima yallig’lanishida
— Revmatizm kasalligida qabul qilinadi.
— Prostatit va sistit kabi urologik kasalliklarda ham qabul qilinadi.
—Lor a’zolari infeksion yallig’lanish kasalliklarida qabul qilinadi.
💊QO’LLASH USULI 👇
Kuniga 1 tabletkadan 2 — 3 mahal qabul qilinadi. Ovqatdan keyin.
Shifokor bilan maslahat qilib keyin qabul qiling.
🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇
— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi
— Qon bosimi oshishi
— Epileptik holatlar ( doza oshirib yuborilganda )
— Oshqozon ichak yara kasalligini keltirib chiqarishi mumkin ( ko’p qabul qilinib yurilsa )
❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda
— Epilepsiya va parkinson kasali borlarga mumkin emas
— Oshqozon ichak yara kasalligi borlar va oshqozon ichakdan qon ketganda qabul qilish mumkin emas.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas
— 14 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas
— Pankreatit kasalligida
— Yurak , buyrak va jigar og’ir kasalliklarida mumkin emas.
💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Bolgariya