INDOL

INDOL (2,3-benzopirrol) — kuchsiz naftalin hidli, rangsiz kristall. Mol. m. 117,8; zichligi 1072 kg/m3, suyuklanish t-rasi 52,5°, kaynash t-rasi 254°, haydalish t-rasi 150°. Issiq suv va organik erituvchilarda eriydi. Tozalangan Indol xushbuy. Baʼzi efir moylari (mas, jasmin moyi)da, toshkoʻmir smolasida (undan Indol ishqoriy metallar tuzi sifatida ajratib olinadi) bor, Indol skatol (3-metilindol) bilan birgalikda odam va sut emizuvchilar ichagida topilgan. Indolning koʻpgina hosi-lalari, mas, 3-indolilsirka kislota (geteroauksin A — oʻstiradigan mod-da), serotonin va rezerpinlar biologik jihatdan faol moddalardir. Indol geteroauksin va triptofanni sintez qilishda xom ashyo sifatida, shuningdek, atir-upa va dori-darmon (mas, indopan, indometatsin) i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x