INDIY

INDIY (lot. Indium) , In — Mendeleyev davriy sistemasining III guruxiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 49, at. m. 114,82. Kumushsimon-oq rangli, yaltiroq, yumshoq metall. Ik-kita – ||31p (4,33%) va ||51p (95,67%) izotopi bor. 1|51p kuchsiz radioaktiv (R — nurlanuvchi, yarim yemirilish davri Tʻ/,=51014-y.) Atom radiusi 0,166 nm., ion radiusi (kavslarda koordinatsion sonlar koʻrsatilgan) In3+ uchun 0,076 nm (4), 0,094 nm (6), 0,106 nm (8). 1863-y. nemis olimlari F. Reyx va T. Rixter rux minerali — sfaleritni spektral analiz yoʻli bilan tekshirayotib, nomaʼlum elementning spektr chizigʻini topishgan. Spektr chizigʻi indigo rangida boʻlgani uchun bu yangi element I. deb ataldi. Uchta minerali — sof Indiy, rokezit (CuInS2) va indit (FeIn2S4), jalindiy In (ON)3, sakuranit (CuInFe)3 (InSn)S4 bor, lekin ular kam uchraydi. Indiyning zichligi 7,31 g/sm3, suyuklanish t-rasi 156,78°; qaynash t-rasi 2024°. Birikmalarida 1, 2 va 3 (koʻpincha) valentli. Indiy kislotalarda eriydi, ishkrrlarda deyarli erimaydi. Ochiq havoda oʻzgarmaydi. Yuqori t-rada oksidlanadi, 800° dan yuqorida koʻkbinafsha alanga berib yonib, kislotada eriydigan sariq kristall — I. oksid (1p2O3) hosil qiladi. Qizdirilganda galogenlar bilan oson birikib, galogenidlar (InCl3, InBr3, Inl3), oltingugurt bilan sulfidlar (In2S3, InS) hosil qiladi. Galogenidi (InHal) va qora oksidi (In2O) juda kuchli qayta-ruvchilardir. Indiy birikmalaridan Indiy sulfat In2(SO4)3, I. nitrat (InNO3)3-4,5 N2O va Indiy ortofosfat 1pRO4 lar ahamiyatlidir. Indiy qoʻrgʻoshin, rux, qalay i. ch. dagi chiqindilardan olinadi. Korroziyaga qarshi qoplamalar, oson eriydigan qotishmalar olishda, shisha va reflektorlar tayyorlashda va yarim oʻtkazgichlar texnikasida ishlatiladi.

Ad..Fedorov P. I., Moxosoyev M. V., Alekseyev F. P., Ximiya galliya, indiya i talliya, Novosibirsk, 1977; Yatsenkos. P., Indiy; svoystva i primeneniye, M., 1987.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x