INDIKATOR

INDIKATOR (lot. indico — koʻrsataman, aniqlayman) — biror jarayonning borishini yoki kuzatilayotgan obyektning holatini inson idrok etadigan qulay shaklda aks ettiruvchi asbob (qurilma, element). Vizual (koʻrib), akustik (eshitib), taktil (se-zish, iskash va b. ga asoslangan) va b. xillari bor. Inson axborotlarning qariiyb 90 foizini koʻrib idrok qilgani uchun vizual Indikator kengroq ishlatiladi. Vizual Indikatorning katta guruhini tasviriy Indikatorlar tashkil etadi, ular obyektning fazodagi holatini, tasnifiy oʻzgarishini grafik tarzda yoki elektron-nur trubkasi ekranida egri chiziq tarzida tasvirlaydi. «Hozir boʻlish effekti» ni yaratuvchi vizual Indikatordan foydalanilganda yaxshi idroq qilinadi. Mac, samolyotning bir necha Indikator koʻrsatayotgan vaziyati samolyotni tus-mollab qoʻndirish asbobidagi bitta koʻrinadigan shartli tasvir — obyektning ekranda siljishi bilan almashtiriladi (1-rasm). Kuzatilayotgan obyekt yaxshi koʻrinmaydigan joylarda akustik Indikator qoʻl keladi. Obyektdan keladigan signallarni darhol sezish lozim boʻlgan hollarda taktil Indikator vizual Indikator bilan birga qoʻllaniladi.

Tuzilishiga koʻra, signal I. i (lampalar, qoʻngʻiroq, richag va b.), milli (minut, metr, kilogramm, gradus va b. ga boʻlingan shkalali), raqamli, tasviriy (yaqqol), proyeksion (elektron-nur trubkali) va aralash Indikatorlar buladi. Vazifasiga kura, rostlash, ulchash, radiolokatsiya va b. xillarga boʻlinadi. Konchilikda plun-jerli nasosning klapanlari ishini nazorat qilib turadigan rostlash Indikatori qoʻllaniladi. M ash inasozlikda berilgan oʻlchamdan ogʻish qiymatini koʻrsatadigan oʻlchash Indikatori ishlatiladi (2-rasm). Radiolokatsiya Indikator iradiolokatorning taʼsir doirasida ni-shon paydo boʻlganini koʻrsatadi va uning koordinatalarini aniqlab beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x